So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  33 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

Aziz Ibragimovning oldida Kristian Veri kim bo'pti? Yangiliklar

Aziz Ibragimovning oldida Kristian Veri kim bo'pti?

Yarim himoyachi Aziz Ibragimov 13-marta klub almashtirdi va 30 yoshli futbolchi uchun bu ko'p degani. Endilikda bu futbolchi faoliyatini Latviyaning "Spartak" klubida davom ettiradi.

Malumot uchun, Aziz Ibragimov 1986 yilda tug'ilgan. U ham klub, ham terma jamoalar miqyosida yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Lekin uning tez-tez jamoa almashtirishi nima uchundir o'zini oqlamayapti. Natijada oxirgi yillarda Aziz hech narsaga erisha olmadi.

Italiyada Kristian Veri degan hujumchi bo'lardi. CHap oyoqda kuchli zarba yo'llar, bosh bilan o'ynashda esa deyarli tengi yo'qlardan biri edi. Bilasizmi, mana shu Veri ham faoliyati davomida 13 marta klub almashtirgan ekan. Faoliyatini "Torino"da boshlagan Bobo (Verining laqabi) keyinchalik "Piza", "Ravenna", "Veneciya", "Atalanta", "Yuventus", "Atletiko Madrid", "Lacio", "Inter", "Milan", "Monako", keyin yana "Atalanta", "Fiorentina" kabi klublarda o'ynab, oxiri yana "Atalanta"da tugatdi.



Bizning Aziz Ibragimov ham klub almashtirishda Veridan qolishmayapti. Toshkentda tug'ilib o'sgan futbolchi dastlab "Traktor"da to'p tepgan. Keyinchalik "SHo'rtan" va "Mashal" klublarida o'ynagan tezkor yarim himoyachi 2006 yil Slovakiyaga yo'l olib "Slovan" bilan shartnoma tuzadi. Ammo "Slovan" Azizning xorijdagi birinchi va oxirgi klubi bo'lmadi.

U shuningdek "Bogemians" (CHexiya), "Cindao CHjunnen" (Xitoy), "Banik" (CHexiya), "Dinamo" (CHexiya), yana "Bogemians" (CHexiya) klublarida, keyin o'zimizga qaytib avvaliga "Andijon", undan keyin "Dinamo" va "Buxoro" klublarida ham o'ynab chiqdi. Yil boshida Eronning "Mashinasozi" jamoasiga o'tib ketgan futbolchi u erda ham uzoq qolmadi va endi Latviyaga yo'l oldi.


Aziz Ibragimov hurmatga loyiq ftubolchi. U qaerda to'p tepmasin doim sidqidildan mehnat qilgan. Uning Osiyo Kubogi-2007dagi o'yinlari hamon yodimizda: 4-raqamda juda chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Lekin endi 30dan oshadigan futbolchining hali u klubdan bunisiga ko'chib yurishi yaxshimikin... Albatta, hammasi futbolchining o'z qaroriga bog'liq va bu borada biz uning ishiga aralasha olmaymiz.



Lekin boshqa tomondan nima uchun Aziz bir jamoada muqim qola olmayapti degan savol tug'iladi. Ibragimov o'tgan yil "Buxoro"da yomon o'ynamadi. U 10 ta gol bilan oliy ligada jamoasi to'purari bo'ldi. Lekin nimadir yuz berib mavsum oxirida "Buxoro"ni tark etdi. Eronda o'ynagan jamoasi esa chempionatda oxirgi o'rinni egallab birinchi ligaga tushib ketdi. SHundan so'ng Aziz Evropadan klub axtarishga majbur bo'ldi.

Aziz Ibragimov jamoa almashtirish bo'yicha kerak bo'lsa Verini ham ortda qoldirib ketadi. Lekin sovrinlar yutish bo'yichachi? Italiyalik hujumchi ko'p marta klub o'zgartirgani bilan doim qandaydir sovrinlarni yutib yurgan. U bekordan bekorga hech qaysi klubga bormagan. Futbolchining tez-tez jamoa almashtirishiga bir qator omillar sabab bo'ladi. Aziz ham bitta klub safida uch-to'rt yil to'p tepishni, sovrinlar yutishni xohlasa kerak, lekin bu yo'lni o'zi tanladimi faoliyatining oxirigacha mana shunaqa "tentirab" yurishga majbur.

X.Xoliqov.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика