Aziz G'aniev klubi Turkmanistonni yirik hisobda mag'lub etdi
16 okt 2023 14:44
Yangiliklar
Aziz G'aniev klubi Turkmanistonni yirik hisobda mag'lub etdi
BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazayotgan Turkmaniston terma jamoasi mahalliy "SHabab Al Ahli" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Mazkur bahs 4:1 hisobida "SHabab Al Ahli" foydasiga hal bo'ldi. Eslatib o'tamiz, klubning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Aziz G'aniev ayni damda terma jamoa ixtiyorida bo'lib turibdi.
JCH-2026 saralashida Turkmaniston terma jamoasi “E” guruhida Eron va O'zbekiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu guruhdagi to'rtinchi ishtirokchi saralashning birinchi bosqichida doirasidagi Gonkong – Butan juftligi g'olibi bo'ladi.
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo'l olish uchun kurashni 16 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uy uchrashuvidan boshlaydi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar