Aziz Alijonov "Neftchi"ga qaytdi
13 iyu 2022 22:50
Yangiliklar
Aziz Alijonov "Neftchi"ga qaytdi
Birinchi davra mobaynida "Bunyodkor" asosiy jamoa murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz bergandi: SHuhrat Maqsudov istefoga chiqarilgach, jamoaning yoshlar tarkibi bilan ishlayotgan Viktor Karpenko asosiy jamoani qabul qilib olgandi. Davralar oralig'ida esa "Bunyodkor" U-21 jamoasi bosh murabbiyi ham o'zgardi: Abduhamid Qodirov o'rniga Ivan Boshkovich.
Balki yoshlar jamoasining murabbiylar shtabi o'zgargani sababli dastlabki davrada Abduhamid Qodirovga yordam bergan Aziz Alijonov ham jamoadan ketgandir. Ikkinchi davradan u "Neftchi" U-21 jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.
Ayni damda "Neftchi" yoshlar jamoasida ishlar yaxshi emas: 13 o'yinda atigi 2 g'alaba qayd etgan jamoa 5 marta durang o'ynab, 6 marta mag'lub bo'ldi. Ayni damda "Neftchi" U-21 chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar