Azarning "Real"ga o'tishi Neymarga bog'liq
18 fev 2019 15:31
Yangiliklar
Azarning "Real"ga o'tishi Neymarga bog'liq
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azarning "Real"ga o'tishi to'g'ridan-to'g'ri PSJ hujumchisi Neymarning taqdiriga bog'liq.
Malumotlarga ko'ra, ispan jamoasi o'z safida braziliyalik futbolchini ko'rmoqchi va uni o'zining asosiy transfer maqsadi deb hisoblamoqda.
Neymar o'z vakillariga Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tishga qiziqayotganini aytgan. Braziliyalik Kilian Mbappe soyasida qolib ketmoqchi emas, buning ustiga PSJda moliyaviy feyr-pley bo'yicha muammolar paydo bo'lishi mumkin.
"Real" Neymarni 220 mln. evrodan ko'proqqa sotib olishi mumkin. Ushbu xariddan so'ng "Qirollik klubi"ning Azar transferiga puli qolmaydi. Oldinroq, belgiyalik yarim himoyachi "qaymoqranglilar" uchun "CHelsi"ni tark etishga tayyorligini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar