Ayollar terma jamoamiz Antalya safari oldidan Toshkentda yig'in o'tkazadi Yangiliklar

Ayollar terma jamoamiz Antalya safari oldidan Toshkentda yig'in o'tkazadi

Teglar :  Ayollar futboli
Ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 8-14 fevral kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.

Bir hafta davom etadigan mazkur yig'indan so'ng, Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz 15 fevral kuni Antalya shahriga yo'l oladi.

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi.

15-24 fevral kunlari bo'lib o'tadigan mazkur musobaqada O'zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Murabbiylar shtabi ushbu o'quv-mashg'ulot yig'iniga 22 nafar futbolchini jalb etdi.

 

#Ismi-sharifiAmpluaKlubi
1.Tilovova LayloDarvozabon«Sevinch»
2.Jonimqulova MaftunaDarvozabon«Sevinch»
3.Asadova DilraboHimoyachi«Bunyodkor»
4.Ilasheva O'g'iloyHimoyachi«AGMK»
5.Hamdamova YulduzHimoyachi«Paxtakor»
6.Abduraximova ZuxraHimoyachi«Navbahor»
7.SHodieva LayloHimoyachi«Sevinch»
8.Nabieva YulduzHimoyachi«Metallurg»
9.SHoyimova MaftunaHimoyachi«Sevinch»
10.Zaripova KamilaHimoyachi«AGMK»
11.Kamoltoeva NozimaYarimhimoyachi«Metallurg»
12.Narbekova LiannaYarimhimoyachi«So'g'diyona»
13.Nozimova DildoraYarimhimoyachi«Bunyodkor»
14.SHaripova EzozaYarimhimoyachi«So'g'diyona»
15.Voxidova MadinaYarimhimoyachi«Paxtakor»
16.Burxonova MalikaYarimhimoyachi«Sevinch»
17.Zoirova UmidaYarimhimoyachi«Bunyodkor»
18.Dadajanova NelufarYarimhimoyachi«Navbahor»
19.Ergasheva DildoraHujumchi«Lokomotiv»
20.Karachik LyudmilaHujumchi«Bunyodkor»
21.Xabibullaeva DiyoraxonHujumchi«So'g'diyona»
22.Qudratova NilufarHujumchi«Sevinch»

 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика