Aybek Nurbaev: "Natijadan umuman qoniqmadik"
13 apr 2023 21:31
Yangiliklar
Aybek Nurbaev: "Natijadan umuman qoniqmadik"
Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Aral" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yinga keladigan bo'lsak, bugungi natijadan umuman qoniqmadik. "Xorazm"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishimiz lozim edi. Orqa chiziq va o'rta poziciya biz xohlagan o'yinni ko'rsatib berolmadi. Damir Nizanov jismoniy tarafdan 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. SHu bois, uni almashtirish orqali taktik o'zgarishga ham qo'l urdik. "Xorazm"ning hujum chizig'i bizga qiyinchilik tug'dirdi. Arislan Yusupbaevning zaxiraga olinishi haqida gapiradigan bo'lsak, uning ikkinchi bo'limda o'yinga biroz moslashishi qiyin bo'ldi", — dedi mezbonlar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar