"Atletiko" yangi moliyaviy strategiyaga yo'l ochdi
10 iyu 20:05
Yangiliklar
"Atletiko" yangi moliyaviy strategiya yo'nalishini belgilab oldi, uning doirasida klub pulni tejaydi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
"Matraschilar" ishni jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone va yarim himoyachi Kokening shartnomalarini ko'rib chiqishdan boshladi. Ularning ikkalasi ham maoshi deyarli 5 million evroga kamaytirilgan yangi kelishuvlar imzoladi.
Bundan tashqari, madridliklar maoshi klub fondi uchun juda katta bo'lgan futbolchilar bilan xayrlashadi. "Atletiko" Memfis Depay, Stefan Savich va Mario Ermosoni erkin agent sifatida qo'yib yuborish orqali 25 million evroni tejaydi. Klub bu pulni transferlarga sarflaydi.
Avvalroq "Atletiko" Ispaniya terma jamoasi azosi bilan kelishuvga erishgani aniq bo'lgan edi.
Fikrlar