Atletiko Kurtua sababli CHelsiga 6 mln evro to'laydi
10 apr 2014 08:51
Yangiliklar


Atletiko Kurtua sababli CHelsiga 6 mln evro to'laydi
"Atletiko" darvozaboni, huquqiy jihatdan esa "CHelsi"ga tegishli bo'lgan Tibo Kurtuaning londonliklarga qarshi ikkita o'yindagi ishtiroki "Atletiko" uchun 6 million evroga tushadi.
"CHelsi" va "Atletiko" o'rtasida shunday kelishuv mavjud. Eslatib o'tamiz, 21 yoshli darvozabon madridliklar uchun uch yildan beri o'ynab keladi.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar Ligasi qura tashlash marosimi ertaga bo'lib o'tadi.

Fikrlar