So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  4 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

"Aston Villa" Azarni APLga qaytarmoqchi Yangiliklar

"Aston Villa" Azarni APLga qaytarmoqchi

Premer-liga klubi ajoyib yurishni amalga oshirib, Eden Azarni yulduzga aylantirgan ligaga qayta olib kelmoqchi.

Yanvar oyida 32 yoshga to'ladigan belgiyalik yulduz 2019 yilda 100 mln funt evaziga "Real"ga o'tganidan beri jismoniy holati va formasi uchun kurash olib bordi. 

"Qirollik klubi" tarkibida La Ligada 51 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan futbolchining transferi matbuot tomonidan yaxshi baholanmadi. "CHelsi" sobiq vingerining Madrid klubi bilan shartnomasi tugashiga 18 oy qoldi. 

Xabarlarga ko'ra, Azar yangi yilning ilk oyidayoq jamoasini almashtirishi mumkin. SHu yilning yanvarida Filippe Koutino bilan ajoyib bitim imzolagan "Aston Villa" Eden Azar boradigan navbatdagi manzil sifatida muhokama qilinmoqda. 

Hozirda Unai Emeri boshqaruvida bo'lgan klub futbolchiga o'zi uchun omadli bo'lib chiqmagan "Bernabeu"dan qochish yo'lini taklif qiladi. Murabbiy hujumni uning hisobiga kuchaytirish niyatida.

Eden Azar Qatardagi Jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi sardori sifatida ishtirok etadi va bu unga o'zini "reklama qilish" imkonini beradi. U APLga qaytishga qarshi emas. SHuningdek, chempionatning ko'plab jamoalaridan qiziqishlar borligi xabar qilinmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика