So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Asror Gafurovga Serbiya klubidan taklif tushdi Yangiliklar

Asror Gafurovga Serbiya klubidan taklif tushdi

Xabaringiz bor, 2015 yilning yanvarida Turkiya birinchi ligasi ishtirokchisi “Manisaspor”ga ko'chib o'tgan “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Asror Gafurov ushbu jamoa bilan tuzilgan shartnomasini yaqinda bekor qilgan edi.

Boisi yosh istedodli himoyachi 3,5 yillik shartnoma imzolagan mazkur klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Turkiyaning ikkinchi ligasiga tushib ketdi. Qoidaga ko'ra, ikkinchi ligada legioner futbolchi to'p surishi mumkin emas. Qolaversa, hamyurtimiz ham bu ligada o'ynash niyatida bo'lmagani sababli tomonlar o'zaro kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qilishgandi.

Malum bo'lishicha, o'tgan yili Turk birinchi ligasida porlab chiqqan qanot himoyachimizga Serbiyadan chaqiruv bo'lmoqda. Serb super ligasida ishtirok etadigan jamoalardan biri Asrorni o'z safida ko'rish niyatida. SHu boisdan hozirda uning agenti mazkur masala yuzasidan muzokaralarga kirishdi. Agar barchasi muvaffaqiyatli yakunlanib, tomonlar o'zaro kelisha olishsa, Serbiya chempionatida to'p suradigan o'zbekistonlik futbolchilar soni ikki nafarga etadi.
Bilasiz, hozirda Serbiyaning “Yavor” klubida O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Husniddin G'ofurov faoliyat olib bormoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика