So’nggi yangiliklar

23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  0 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  3 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1

Asror Aliqulov: "Superliga jamoalari ham "Olimpik" darvozasini ishg'ol qilishda qiyinchilikka duch kelishmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Superliga jamoalari ham "Olimpik" darvozasini ishg'ol qilishda qiyinchilikka duch kelishmoqda"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Olimpik" (1:1) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- "Olimpik" jamoasi to'pni yaxshi nazorat qildi va hujumdan himoyaga tez o'tdi. Superliga jamoalari ham ularning darvozasini ishg'ol qilishda qiyinchilikka duch kelishmoqda.  Biz shundan kelib chiqib uzun paslar orqali yoki qarshi hujumda o'ynashga intildik. Gol urdik, ammo afsuski, o'yin so'ngida o'z darvozamizdan to'p olib chiqib, g'alabani qo'ldan chiqardik. Endi kutamiz, balki 3-o'rin orqali guruhdan chiqarmiz.

- Hakam bugun 8 ta sariq kartochka ko'rsatdi. Bu o'yinga xos bo'ldimi?

- Hakamlarni nazorat qiluvchi tashkilot bor. O'ylaymanki, ular xatolarni ko'rib chiqishmoqda. Hakamlar to'g'risida gapirish taqiqlangan. Muxlislardan ham ko'p etirozlar bo'ldi. Ishqibozlar stadionlarga qaytishida hakamlar ham hissa qo'shishi kerak, buni o'ylab ko'rishimiz lozim.

- "Olimpik" futbolchilari tez-tez yiqilib tushishdi. Jamoadan shunaqa o'yinni kutganmidingiz va ularda boshqa o'yinlarda ham shunday holatlarni kuzatganmisiz? 

- Kuzatganmiz. Futbolchilarining aksariyatida dribling yaxshi, shu bois aldashga kirishadi. Ayrim vaziyatlarda biz qo'pollik qilamiz, bazi holatlarda ular yiqilishadi. Bunga ko'p ham etibor qaratish kerak emas.

- "SHo'rtan" himoyaviy o'ynagani yaxshimidi yoki ko'proq hujum qilgani?

- Hujumda o'ynash xavfli edi, chunki "Olimpik" qarshi hujumlar orqali juda ko'p gollar urgan. Biz himoyadan chiqishda to'pni yo'qotmaslikka harakat qildik.

-  Yarim himoyada harakat qilgan Farhod Imamovning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Imamov jarohati bois hali ko'p ham o'ynamadi. U tez charchab qolyapti. SHuning uchun o'tgan o'yinda 60 daqiqa o'ynatgandik. Lekin uning bugungi o'yinidan mamnunmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика