Asror Aliqulov: "Buxoro" o'z uslubini o'zgartirgani yo'q. Biz esa qiyin g'alabaga erishdik"
03 may 22:23
Yangiliklar


Asror Aliqulov: "Buxoro" o'z uslubini o'zgartirgani yo'q. Biz esa qiyin g'alabaga erishdik"
"Buxoro" himoyaga urg'u bergan holda qarshi hujumga tayanadigan jamoa. Bundan xabardor edik. Biz bunga tayyor edik. Birinchi bo'limda ko'pgina xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda esa "Buxoro" futbolchilarida charchoq alomatlari sezildi va bo'sh zonalar paydo bo'la boshladi. Shundan so'ng biz vaziyatlarga ega bo'la boshladik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz", - dedi Asror Aliqulov bugungi bahs haqida.
- Birinchi bo'limda ikki jamoa ham o'ta zerikarli futbol namoyish etishdi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Bunday passiv o'yin namoyish etish maqsadimiz yo'q edi. "Buxoro" himoyaga yotib oldi, biz esa to'p bilan juda passiv harakat qildik. Himoyachilarimiz ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Biz kecha Toshkentga etib keldik va uzoq yo'l bosib kelganimiz futbolchilarga tasir qildi. Ikkinchi bo'limda esa havo yanada salqinladi. Futbolchilar ham ancha engillashib olishdi. Tanaffusdan so'ng tezkorlik qo'sha oldik. Islom Baratov o'yinga yaxshi qo'shildi. "Buxoro" esa o'z uslubini o'zgartirgani yo'q. Biz esa vaziyatlar yaratishga intildik va yakunda qiyin g'alabaga erishdik.
- Bugun darvozada Umidjon Hamroevni ko'rdik. Bundan avvalgi uchrashuvlarda esa boshqa darvozabonlarga imkoniyat bergan edingiz. Asosiy posbonni belgilashda qanday mezonlarga suyanasiz?
- Mashg'ulot jarayonidan va o'yindagi harakatlardan. Umid bir nechta uchrashuvdan buyon asosiy tarkibdan joy olmoqda va ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Dastlabki turlarda Dostonbek To'xtaboevga imkoniyat bergan edik. Doston ham yaxshi uchrashuvlar o'tkazdi. Ikki darvozabonimiz ham asosiy. Darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashgan holda qaysi posbonga imkoniyat berishni hal qilamiz.
- "Mashal" gohida kuchli raqiblardan ochko tortib olmoqda. Masalan, "So'g'diyona" mag'lub etildi. Ayrim bir vaziyatlarda esa o'rtamiyona raqiblar mag'lub etilmayapti. Yozgi tanaffusda jamoa tarkibi kuchaytiriladimi?
- Kuchayishimiz shart. Chunki biz yaxshi selekciya ishlarini olib bora olmadik. Biz qaerdan yangi futbolchini topa olishimiz ham asosiy faktorlardan biri. Kerakli poziciyalarga futbolchilarni xarid qilishimiz kerak. Ko'pgina futbolchilarimizga ishonch etishmayapti. Ko'p futbolchilarimiz Pro-Ligada o'ynab yurishgan, ayrimlari o'zining sobiq jamoalarida zaxirada qolib ketishgan. Tarkibimiz shunday futbolchilardan tashkil topgan.
- Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi emasdek. "Buxoro" futbolchilari osonlik bilan futbolchilaringizdan yugurib o'tib ketishdi...
- Siz jismoniy holat deganda nimani tushunasiz. Biz bugun umumiy jismoniy holatda yutqazdik deya olmayman, ammo atletizmda, yani yakkakurashlarda mag'lub bo'ldik. Buni tan olishimiz kerak. "Buxoro"ning futbolchilari kurashlarda ko'proq ustun kelishdi, lekin bu umumiy jismoniy holat degani emas. Futbolchilarimiz 90 daqiqa o'ynay olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Машъал-Бухоро 0-1. Сиз манимча охирги ўзаро ўйинни айтяпсиз. Ўша ўйиндан олдин Машъал супер-лигага чиқиб бўлган эди, шунинг учун 1-2 та асосий ўйинчиларга дам берган эди.
Машъал-Бухоро 0-1. Сиз манимча охирги ўзаро ўйинни айтяпсиз. Ўша ўйиндан олдин Машъал супер-лигага чиқиб бўлган эди, шунинг учун 1-2 та асосий