So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Asror Aliqulov: "Bugungi g'alabada futbolchilarning ishtiyoqi muhim rol o'ynadi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugungi g'alabada futbolchilarning ishtiyoqi muhim rol o'ynadi"

Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Neftchi" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin og'ir bo'lishini kutgandik. "Neftchi" jamoasi qarshi hujumda o'ynashini taxmin qilgandik. Raqib jamoa tarkibida yaxshi darajadagi futbolchilarga etiborliroq bo'lishimiz talab etilardi. Oxirgi daqiqalarda bir qator yangi futbolchilarni tushirdik. Agarda biz o'z darvozamiz oldida xato qilsak "Neftchi"ning gol urish imkoniyatlari oshib ketardi. Futbolchilar maydonda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Bugungi g'alabada futbolchilarning ishtiyoqi muhim rol o'ynadi. "Neftchi" g'alaba qozonganida o'zi uchun kerakli bo'lgan ochkoga ega chiqardi va turnir jadvalida bizdan oldinlab ketardi. Futbolchilarga eng yaqin taqibchilarimizni oldinga o'tib ketmasliklariga imkon bermaslikni uqtirgandik. Muxlislarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

Birinchi bo'limda "Neftchi" jamoasini o'rgandik desam ham bo'ladi. Ikkinchi bo'limda raqib jamoa murabbiyi ham o'zgarishlarni amalga oshirdi. Hujumga ko'proq kuch berishdi. Bugun dastlabki daqiqalarda maydonga tushgan futbolchi jamoamizda debyutini o'tkazdi. SHu bois uni har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Uni harakatlaridan qoniqdim. Asta-sekin jamoamizga moslashib boradi. Ikkinchi bo'limda "Neftchi" jamoasida Mansur Saidov maydonga tushdi, qanotlarda ham yaxshi saviyadagi futbolchilar harakat qildi. Hujumga zo'r berib gol urishganidan keyin ham o'z darvozalari oldiga yaqinlashtirmaslikka harakat qilishdi. Samandar va Sanjarda ozgina tezkorlik etishmayotgani sababli almashtirdik. Hujumga va himoyaga tezlik bilan o'tadigan yoshroq tezkorroq futbolchilarni tushirdik. Bu o'zgarishlar o'zini oqladi deb o'ylayman",- deydi Asror Aliqulov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика