So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Asror Aliqulov: "Bu biz uchun sharmandali mag'lubiyat hisoblanadi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bu biz uchun sharmandali mag'lubiyat hisoblanadi"

Pro liga 15-turidan o'rin olgan "Aral Samali" – "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etdi.

"Aral Samali"ni g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar ishtiyoq evaziga g'alaba qozonishdi deya olaman. Deylik, ular umuman vaziyat yaratgani yo'q. Bitta holatda penalti ishladi va bundan foydalana oldi. Biz esa imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu biz uchun sharmandali mag'lubiyat hisoblanadi. Bugungi o'yinimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, biz yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa emasligimizni muxlislar oldida ko'rsatib qo'ydik", – dedi Aliqulov.

- Jamoaning asosiy maqsadi qanday?

- Birinchi maqsad kuchli beshlikka kirish edi. Bugun raqib birorta vaziyatga ega bo'lgani yo'q. Lekin himoyada juda qattiq harakat qilishdi. Ishtiyoq balandligi ko'zga tashlandi. Biz esa vaziyatlardan foydalana olmadik va mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Aslida o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. 

- "SHo'rtan" birinchi davrada "Aral Samali"ni o'z maydonida 6:0 hisobida mag'lub qilgandi. Bugungi natijadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, jamoada nimadir o'zgardimi?

- Birinchi navbatda maydon. "Aral Samali" suniy maydonda harakat qiladi. Biz futbolchilardan tezroq o'ynash lozimligini takidlagandik. Birinchi bo'limda biz yaxshi o'ynadik va raqib nisbatan kuchsizdek ko'rindi. Lekin biz bundan foydalana olmadik. Tanaffusdan keyin "Aral Samali" gol urgach, yigitlarning kayfiyati tushib ketdi. Balki Zoirov gol urganida, hisob yirik hisobda yakunlanishi mumkin edi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика