So’nggi yangiliklar

21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  0 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  4 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  33 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  19 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  21 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  36 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9

Asror Aliqulov: "Bizda ikki qanot birday ishlamayapti" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bizda ikki qanot birday ishlamayapti"

"Paxtakor"ga qarshi Superliganing 5-tur o'yinidan (1:3) so'ng "Qizilqum" ustozi Asror Aliqulo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Asror Aliqulov: "Raqibga qarshi bosim uyushtirish uslubini tanlagandik, ammo bosim natijasida gol o'tkazib yubordik. Maydonda harakatlanishda ham sustkashlikka yo'l qo'ydik. Raqib bizdan tezroq fikrlagan holda harakat qildi. O'yin davomida himoyadan qarshi hujumga o'tishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo'limda 10 kishi bo'lib qoldik, bu ham o'z tasrini o'tkazdi. SHunga qaramasdan,  bosim natijasida gol urdik".


— "Qizilqum"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz o'yinlariga sabab nima?

— Jamoa hali yangi. Aksariyat jamoada qolgan futbolchilar o'tgan yil zaxirada qolgan. Bugun xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Hali bir jamoa bo'lib shakllanishimiz uchun vaqt kerak. Lekin Superliga kutib turmaydi. Hali ko'p ishlar olib borishimiz kerak.


— Hujumchilardan ko'nglingiz to'lyaptimi? Jamoa kutilganidan kam gol urmoqda?

— Mavsum avvalida Xolto'raev imkoniyatlarimizga mos kelgani uchun tarkibga jalb qilgandik. Mbaomaning jamoaga kirishib ketishi ham qiyin bo'lmoqda. Bugun u gol urdi, keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat kutib qolamiz. Hujumlarimiz Kenjaboev va Xolto'raev asosida tashkil etilmoqda. Bizda ikki qanot birday ishlamayapti. Jamoaviy o'yin jihatdan oqsayapmiz. Bir maromda o'yin olib borolmayapmiz. Markazda ham muammolar etarlicha. Hali ko'p ishlar olib berishimiz kerak.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика