So’nggi yangiliklar

19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  2 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  2 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  18 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  8 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  14 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  24

Asror Aliqulov: "Biz futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Biz futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda"

OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan (4:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Bugun mag'lub bo'ldik va barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Birinchi golga qadar yomon o'ynamayotgan edik. Gol o'tkazib yubordik va o'yin o'zgarib ketdi, qizil kartochkadan so'ng esa raqib maydonda xohlagan ishini qildi.

- Islom Kenjaboevning etirozini murabbiy sifatida hurmatsizlik deb hisoblamaysizmi?

- U futbolchining o'ziga bog'liq. Biz jamoa sifatida uning harakatini noto'g'ri deb hisoblaymiz. Bu jamoadagi ichki nizo va shunday holatlar jamoaning o'yiniga albatta tasir o'tkazadi.

- Jamoadagi ichki muhit buzilgandek emasmi?

- Bunga sabab "Qizilqum"da futbolchilar yo'qligi. Biz jamoadagi futbolchilarni almashtira olmaymiz. Futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda. Biz ko'p futbolchilarni yig'ib oldik. Futbolchi maydonda o'zini shunday tutsa murabbiy uchun qiyin. Yangi jamoa tuzganmiz, jamoadagi ichki muhit ko'proq o'tgan mavsum to'p tepgan futbolchilarga bog'liq va ular jamoadagi ichki muhitni yaratishlari kerak edi. Tarkibimizda juda ko'p yangi futbolchilar bor. Masalan legionerlarimiz har xil qitalardan va ular hali yaxshi chiqishib keta olishmadi.

- Ushbu muammolarning kelib chiqishiga sabab intizommi yoki o'yindagi muammolar?

- Ko'p muammolar intizom tufayli kelib chiqmoqda. Maydonda o'z vazifasini bajarmaydigan futbolchi sabab, qolgan poziciyalarga ko'proq bosim bo'ladi. Ko'p holatlarda ham futbolchilarga xarakter etishmayapti.

- Jamoadagi eng muammoli poziciya qaysi?

- Bizga pleymeyker etishmayapti. Hujumga o'tayotgan chog'imiz o'yinni nazorat qiladigan va himoyada ham yordam beradigan sifatli futbolchi etishmayapti. Stanisavlevichni yo'qotganimiz qimmatga tushdi. Transferlar oynasida u bilan kelishib olgandik, lekin O'zbekistonga qaytib kelganidan so'ng boshqa jamoaga borib qo'shildi. Biz tarkibimizda bor futbolchilar bilan harakat qilishga majburmiz.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика