Asqar Umarov: "Uyga uch ochko bilan qaytishimiz hech gap emasdi"
27 mar 2022 19:53
Yangiliklar
Asqar Umarov: "Uyga uch ochko bilan qaytishimiz hech gap emasdi"
Pro liganing 4-turi doirasida o'tkazilgan "Buxoro" – "Zomin" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov fikrlarini bildirdi.
"Ushbu bahsga munosib tayyorgarlik ko'rgan edik. Yigitlar mashg'ulotlardagi ishlanmalarimizni maydonda namoyish qilishdi. Fikrimcha, bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Uyga uch ochko bilan qaytishimiz hech gap emasdi.
Hakamlarga baho berish mening ishim emas, lekin to'p raqib futbolchisi qo'liga tekkan joyda penalti berishmadi. Bahsli vaziyatlarda raqib foydasiga qaror chiqarishdi.
Maydon holati yaxshi. Pro liga talabiga javob beradi. Ikki jamoa bir xil sharoitda to'p tepdi. Birinchi golda himoyachimiz xato qildi", – dedi Asqar Umarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar