So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Asqar Umarov: "Lokomotiv" maydoniga g'alaba uchun kelmagandik" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Lokomotiv" maydoniga g'alaba uchun kelmagandik"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Zomin" bosh murabbiyi Asqar Umarov o'z fikrlarini bildirdi.


- CHiroyli o'yin bo'ldi. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, tajriba o'z so'zini aytdi. Biz bugun ko'proq yoshlarimizga imkoniyat berdik. Harakat qildik, iloji bo'lmadi. 

- O'tgan yili ushbu ikki jamoa kubokda to'qnash kelgan. O'tgan yilgi o'yin bilan qanchalik farq qildi?

- O'tgan mavsumdagi yigitlar bilan farq katta. O'shanda bizda Pro-ligada o'ynaydigan jamoa bor edi. O'zimning ko'nglim to'lgan jamoani yig'gandik. Bu yil esa yoshlarga ko'proq etibor berib, zominlik yigitlarni ko'proq o'ynatyapmiz. 

- Tarkibdagi futbolchilarning umumiy saviyasi bilan jamoaning "Lokomotiv"ga o'tgan yilgidek qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Yo'q, kutmagandim. CHunki baribir tarkib o'tgan yilgidan ko'ra, baribir biroz pastroq, birinchi liga darajasida. Hozir Pro-liga yoki undan yuqoridagi jamoalarga qarshilik qilishimiz qiyin. Bu erga g'alaba uchun kelmadik. Ushbu uchrashuv bizga katta tajriba bo'ldi. Navbatdagi o'yinlarda yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Birinchi ligada yaxshi natijalar ko'rsatib, yana Pro-ligaga qaytishga harakat qilamiz.

- "Zomin" Kubokda "Dinamo", "Lokomotiv" va "Qizilqum"ga qarshi kuchli raqiblar bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuvlar jamoangizdagi futbolchilarning darajasi, tajribasini oshishida qanchalik darajada o'rin tutadi?

- Ushbu o'yinlar bilan katta tajriba olamiz. Masalan, "Lokomotiv" pressingi orqali bizni birinchi zonadan chiqib ketishimizga ham imkon bermadi. Bundan kerakli hulosalarni olib, navbatdagi uchrashuvlarda shunday pressinglardan chiqib ketish borasida ishlaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика