So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  9 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  4 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Asqar Umarov: “Himoyada yo'l qo'yilgan xatolar mag'lubiyatga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Asqar Umarov: “Himoyada yo'l qo'yilgan xatolar mag'lubiyatga sabab bo'ldi"

Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Zomin" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Harakat qildik, ammo xatolar evaziga mag'lub bo'ldik.

- Qaysi vaziyatlardagi xatolar mag'lubiyatga sabab bo'ldi?

- Markaziy himoyada xatoliklar kuzatildi. Raqibdan to'pni olib qarshi hujumga chiqayotgan paytimizda himoyachimizning uzatmasi mezbonlar futbolchisiga borib tushdi. Natijada gol yuzaga keldi. SHu sababdan ikkinchi bo'limda o'zgarishlarga qo'l urdik.

- "Zomin" ikkinchi bo'limda faolroq bo'ldi. Jamoa darvozaboni jarohat olgan bo'lsa ham oxirigacha harakat qildi. SHu haqida fikringiz qanday?

- To'g'ri, biz tanaffusda tegishli ko'rsatmalar berdik, o'zgarishlarga qo'l urdik. Vaziyatlar yaratgan bo'lsak ham unumli foydalana olmadik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi.

- Jamoangiz birinchi bo'limdan ko'ra ikkinchi bo'limning 30 daqiqasida ko'proq hujumlar tashkil etdi. Birinchi bo'limda raqibni o'rganish uchun vaqt sarflandimi?

- Yo'q, biz mezbonlar ko'proq to'p nazoratiga ega bo'layotgan vaqtda qarshi hujum uslubida o'ynamoqchi edik. Ammo himoyada yo'l qo'yilgan oddiy xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. "SHo'rtan" goldan so'ng ruhiyatini ko'tarib oldi va hujumlar tashkil etdi.

- Yordamchingiz maydondan chetlatilgan vaziyat haqida fikringiz?

- Yordamchim futbolchilarga gapirib yubordi. Kartochka to'g'ri berildi, hakamlar o'z ishlarini bajarishdi.

- "Zomin"da kayfiyat qanday? Jamoa Pro-ligada qolish uchun oxirigacha kurashadimi?

- Albatta. Biz hozir jamoaning Pro-ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashayapmiz. Ammo, ruhiyat baribir mablag'ga bog'liq ham bo'ladi. Futbolchilar 8 oydan buyon oylik olishmadi. Ammo, ular bizga, klub rahbariyatiga ishonishadi. O'tgan yili ham rahbariyat barcha oyliklarni bergan. Yigitlar klubga ishongan xolda o'ynashda davom etishmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика