"Ashxobod-2017". O'zbekiston Xitoy bilan durang o'ynadi va guruhda ikkinchi bo'ldi
21 sen 2017 20:28
Yangiliklar
"Ashxobod-2017". O'zbekiston Xitoy bilan durang o'ynadi va guruhda ikkinchi bo'ldi
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ashxoboddagi musobaqaning to'rtinchi turida Xitoy bilan bellashdi.
Ilk turda BAAni 5:1 hisobida taslim qilgan O'zbekiston ikkinchi turda
Maldiv orollarini 9:1 hisobida mag'lub etgandi. Kecha Bahodir
Ahmedov shogirdlari sensacion tarzda Afg'onistonga yutqazib qo'yishdi - 2:4.
Xitoy bilan uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etildi.
O'zbekiston guruh bosqichida ikkinchi o'rinni band etdi va A guruhida birinchi bo'lgan jamoaga (Turkmaniston yoki Vetnam) qarshi chorak finalda o'ynaydi.
Futzal
5-tur, 21.09.2017
"B" guruhi
O'zbekiston - Xitoy 4:4
Gollar: Farhod Abdumavlonov 2, Ilhom Hamroev 11, Timur Sadirov 22, Feruz Faxriddinov 32 - Jianfa Zuang 2, Yang Ksyu 13, Yue Lu 23, 39.
O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Davron Abdurahmonov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroev, Artur Yunusov, Davron CHoriev, Akmal Xazratqulov, Husniddin Nishonov.
Xitoy (birinchi beshlik): Zu Bei, Liang SHiming, Zuang Jianfa, Li Jianjia, Zeng Liang
Zaxira: CHen Ziheng, Liu Venxi, Ksyu Yang, Zao Liang, Lu Yue, SHen Siming, Zou Fan, Liu CHang, Zang Yameng.
Ogohlantirishlar: A.Rahmatov 40 - Zao Liang 29
CHetlatish: Zuang Jianfa 3
Fikrlar