So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  1 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  1 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  2 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  2 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  3 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  1 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   4 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  2 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  4 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   23 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  11 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2

"Ashxobod-2017". Final. Eron - O'zbekiston 7:1 Yangiliklar

"Ashxobod-2017". Final. Eron - O'zbekiston 7:1

Bugun "Ashxobod-2017" futzal bellashuvlarida final o'yini bo'lib o'tdi.


Unda O'zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz forslarga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga ega chiqadigan bo'lishdi.


YANGILASH


"Ashxobod-2017"
Futzal. Final

26.09.2017
Eron - O'zbekiston 7:1

Gollar: M.Javid 4, 10, 32, 36, A.Hasanzoda 22, 38 H.Ahmadidazaj 32 - D.CHoriev 29


Eron (birinchi beshlik): Alirizo Samimi, Hamid Ahmadidazaj, Ali Asqar Hasanzoda, Ahmad Ismoilpur, Mahdi Javid.
Zaxira: Sepehr Muhammadi, Muhammad SHajari, Alirizo Rafiepur, Abulqosim Orouji, Said Ahmad Abbosi, Husayn Toyibi, Muslim Oladqubad, Farhod Tavakoli, Muhammadrizo Sangsefidi.

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12.Akmal Xazratqulov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 13.Husniddin Nishonov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 4.Feruz Faxriddinov, 5.Timur Sadirov, 6.Ilhomjon Hamroev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Davron Abdurahmonov, 10.Davron CHoriev.

Ogohlantirishlar: A.Yunusov 8, K.Sviridov 31




Uchrashuv yakunlandi. Eron beshinchi oltinni qo'lga kiritdi, biz esa ilk kumushni.

37 - Xazratqulovdan super seyv, ketidan Ismoilpur ustunni poyladi.

36 - Beshta o'yinchi bilan xatoga yo'l qo'yildi va Mahdi Javid bo'sh qolgan darvozamizni osongina ishg'ol qildi. Bu uning uchrashuvdagi to'rtinchi goli.

32 - Afsuski, forslar 32 daqiqaning o'zida ikkita gol urishdi.

Davron CHoriev gol urgan vaziyat.

29 - Gooooollll, Davron CHorieevvvv. Davron Samimini chiroyli tarzda dog'da qoldirdi. Aqlli gol urildi.

29 - Akmal Xazratqulovdan ajoyib seyv.

29 - Davron CHorievning zarbasini Samimi qaytarib qoldi.

27 - I.Hamroev to'pni tepgandan keyin Ahmad Abbosining oyog'iga ham tepib yubordi.

25 - Husayn Toyibi bo'sh qolgan darvozamizga to'pni kirita olmadi, ustun bizga yordamga keldi.

25 - Zarbaaa, Farhod Abdumavlonovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Ehh..

22 - Gol, afsuski yana pas berishda xatoga yo'l qo'ydik va raqiblar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Bugungi finalni Ashxoboddagi arenadan qolgan terma jamoalarning bosh murabbiylari ham kuzatib borishmoqda. Hususan, Vetnam ustozi Migel Rodrigo, yaponiyalik mashxur sobiq futzalchi Kogure hamda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bruno Sezarlar arenada yonma-yon o'tirishibdi.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

19 - Eron terma jamoasi bosh murabbiyi taym-aut oldi.

17 - Zarbaa, I.Hamroevning zarbasini yana darvozabon qaytardi.

16 - Xavfli vaziyat, Mashrab Odilovning yon chiziqdan uzatgan to'pi M.Javidga tegib Eron darvozasidan joy olishi mumkin edi. Samimi qaytarishga ulgurdi.

12 - Dilshod Rahmatovda jarohat bor edi, lekin u hozir o'ynamoqda. Demak, shifokorlarimiz uni finalga tayyorlay olishgan.

Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizning ishtirokidan onlaynni quyidagi sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi > > > Ashxobod. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan LIVE


10 - Gol. Afsuski, forslar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi va hisobni 2:0ga etkazishdi.

8 - Yunusov ogohlantirildi.

7- Artur Yunusovning kuchli va aniq zarbasini Samimi qaytardi.

- To'p bizdaligida vakillarimiz o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishmoqda. Bahodir Ahmedov nimadir o'ylab topishiga umid qilamiz.

4 - Gol. Afsuski, o'yinning to'rtinchi daqiqasida Mahdi Javid hisobni ochdi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика