Asensioning "Real"da qolishi bir qator klublarni umidsizlikka tushiradi
		
		31 okt 2022 19:08
        Yangiliklar	
	
				
				Asensioning "Real"da qolishi bir qator klublarni umidsizlikka tushiradi
"Real" yarim himoyachi Marko Asensioning jamoada qolishi haqidagi xabar unga davogarlik qilayotgan klublar rejalarini buzib yuboradi.
			Agar ispan nashri Marca'ning Asensioning "Real"da qolish qarori borasidagi taxmini amalga oshsa, "Arsenal", "Nyukasl" va "Liverpul" umidsizlikka tushishi mumkin.
Nashrga ko'ra, ispaniyalik futbolchi yozda Madrid klubini tark etishni xohlagan bo'lsa-da, ayni paytda u jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
26 yoshli yarim himoyachi maydonda hali-hamon o'zi istaganicha vaqt o'tkaza olmayotgan bo'lishiga qaramay, maydonga tushirilgan paytda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va natijaga tasir ko'rsatmoqda.
Hujumkor yarim himoyachi ushbu mavsum "qirollik klubi" libosida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar