So’nggi yangiliklar

20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  0 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  3 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  4 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  8 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0

Arveladze "Paxtakor"ning yangi mavsumdagi eng katta transferi haqida gapirdi: Ishoning, ular asosiy tarkibdagi futbolchilar emas! Yangiliklar

Arveladze "Paxtakor"ning yangi mavsumdagi eng katta transferi haqida gapirdi: Ishoning, ular asosiy tarkibdagi futbolchilar emas!

Superliga doirasidagi "Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze o'yin haqida, shuningdek, jarohatlangan futbolchilar, Sidiqov va jamoaning yangi mavsumdagi eng katta transferi haqida gapirdi.

"Uzoq to'xtalishdan keyin chempionat yana davom ettirildi. Tezroq yana o'yin ritmiga qaytib olish talab etiladi. Buyog'iga har 4-5 kun ichida o'yinlar o'tkazamiz va uchrashuvlar bizga optimal formaga qaytib olishimga yordam beradi. Tig'iz taqvim bizga futboldan dam olish tugul, o'yindan chiqishga imkon bermaydi. Birinchi navbatda biz yana avvalgi holatimizga tiklab olishimiz zarur. SHuningdek, bugun raqib ko'rsatgan o'yin alohida tahsinga sazovor. "Bunyodkor"ning futbolini tomosha qilish yoqimli bo'ldi. Yosh va iqtidorli futbolchilarning qanday o'ynagani maqtovga loyiq. Murabbiy ishini alohida takidlash mumkin. Bunday raqibga qarshi o'yin qiyin. Odatda bu kabi uslubda o'ynaydigan jamoalarga qarshi to'p tepish yoqmaydi. CHunki yuqori pressing orqali raqibga o'yin bermaslik va o'zlari kombinacion futbol o'ynashga intilishadi. Derbi doim shiddatkor va tomoshabop bo'ladi. "Bunyodkor"ga qarshi o'ynash doim qiziqarli. Qo'shimchasiga yangi mavsumda bizni ajoyib muhit erkalatib qo'ymoqda. Bunday manzarada futbol o'ynash juda yoqimli. Yangi mavsumdagi eng muhim va katta transfer deb ishqibozlarimizni aytgan bo'lardim. Aynan ularni stadionga qaytarganimiz muhim rolni bajarmoqda. Umid qilamanki, butun mavsum davomida aynan shunday chiroyli manzara davom etadi", - deya gap boshladi SHota Arveladze.


- O'yindan avval raqibni diqqat bilan o'rganib chiqqandim. Odatda raqibni o'rganish jarayonida mavsumdagi barcha o'yinlaridan foydalanman. Bugunga qadar faqat bitta tur o'tgani bois ularning "So'g'diyona"ga qarshi o'yinini ko'rib chiqqandim. SHu boisdan ham ularni o'rganish jarayoni biroz qiyin kechdi. SHuni aytish mumkinki, "Bunyodkor" futbol o'ynashni yoqtiradigan jamoa. Birinchi bo'limda o'yinimiz kutilganidek chiqmadi, ammo tanaffusdan so'ng buni yaxshilashga erishdik. 

- O'zgarish foyda berganidan xursandman. Bazida murabbiyda shunday sezgi bo'ladi. Har doim ham bu o'xshamasligi mumkin, lekin bugungi amalga oshirilgan o'zgarishim ish berganidan mamnunman. O'yinni ichida yonayotgan futbolchini olishni istamadim. Marat zaxiraga olingach CHeranni hujumga o'tishi yakunda hal qiluvchi rolni o'ynadi. 

- Men jamoamdan doim uzun paslar yoki jarima maydonchasi ichiga to'p oshirish orqali o'ynashni talab qilmayman. Aksincha, qisqa pas va jarima maydonchasi ichiga erdan to'pni uzatishni ko'proq maqul ko'raman. Menimcha, bu ko'proq foydaliroq. Bugungi bahsda havodagi kurashda ham, erdan oshirilgan to'plarda ham har ikkala jamoa vakillari xato qilishdi. Futbol xatosiz o'yin emas. Gol urilganida doim kimdir xato qiladi. Masalan ikkinchi qavatda o'ynash bobida eng zo'r hisoblangan Krimec gol bo'lgan vaziyatda xato qildi. Yoki raqib birinchi golini erdan uzatilgan to'p, ikkinchisini esa havodan to'p oshirilgach qo'yib yubordi. 

- Burchak zarbalarini mashq qilayotganda himoyalanishdan ko'ra ko'proq hujum haqida o'ylaymiz. SHu boisdan ham burchak zarbalaridagi ko'rsatkichimiz yaxshiroq. 

- Marko Simich terma jamoa ixtiyoridan jarohat olib qaytdi. SHerzod Azamov kecha oyog'ida og'riq sezgani uchun tavakkalga qo'l urmadim. SHu boisdan ham ular bugun o'ynashmadi va qolganlarga imkoniyat berdik. "Nasaf"ga qarshi bahsgacha ular safga qaytishadi deb umid qilaman. Biz hozir birinchi navbatda OCHLdan ko'ra "Nasaf"ga qarshi muhim bahsni o'ylayapmiz.

- Javohir Sidiqovning asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati bormi? Albatta. Nega unda qo'ymayapman? Sidiqov jamoaga qachon kelganini bilasizmi? Javohir Osiyo kubogidan keyin jamoa bilan umuman shug'ullanmagan. Zalda individual ravishda mashg'ulot olib borgan. Bizga esa OCHL saralash bosqichi o'yinlarini o'tkazganimizdan so'ng keldi. Futbolchilar ham inson. Ularni o'yinga, yangi mavsumga dastur asosida tayyorlab boriladi. Futbolchining mushaklari 90 daqiqa o'ynashga chidamli bo'lishi kerak. Masalan men ham 10 yil avval futbol o'ynaganman. Lekin hozir maydonga tushib yugurib ketolmayman. Sidiqovni hech kim sindirmoqchi emas. SHu o'rinda Kuperga Sidiqovni terma jamoaga chaqirgani va o'yin imkoniyatini taqdim etgani uchun rahmat aytish kerak. Bizda jamoa bor va unda raqobat mavjud. Yangi futbolchi keliboq formani kiyib maydonga tushib ketavermaydi. Deyarli ikki oy yakka tartibda shug'ullanib yurgan futbolchini tayyor holatga keltirganimizdan so'ng unga ko'proq imkoniyat taqdim etiladi. CHempionatda endigina ikkita tur o'tdi. Hali mavsum uzoq. O'rtada FIFA kunlari tufayli to'xtalish yuzaga keldi. Barchani narsani inobatga olib, chamalab ish tutish lozim.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика