So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  13 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  1 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Arveladze Angliyada - qanday qilib? Yangiliklar

Arveladze Angliyada - qanday qilib?

So'nggi yillarda yurtimizda faoliyat yuritgan mutaxassislar orasida eng kuchlisi SHota Arveladze edi, balki.

2017 yilning yozida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qilib olgan murabbiy 2020 yilning oxirida jamoa bilan xayrlashgan edi. Keyinroq gruzinning Toshkentga qaytishi to'g'risida mish-mishlar tarqaldi. 8 iyun kuni saytimizga intervyu bergan Jafar Irismetov buni rad qilmagandi.

Bu paytda turk matbuoti SHotani "Fenerbahche" va "Kayserispor" klublari boshqaruvi uchun asosiy davogar sifatida ko'rsatayotgandi. SHuningdek, bahorda Yustinovichning xizmatlari Qatarning "Al Garafa"si qiziqayotgani haqidagi xabarlar ham matbuot yuzini ko'rdi.

Saudiya Arabistonidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin O'FA Vadim Abramovning joyini aynan SHota orqali to'ldirmoqchiligi aytilgandi

Noyabr oyida esa Arveladzening "Xall Siti" ustoziga aylanayotgani to'g'risida yangiliklar tarqaldi. Quyida shu haqda batafsil malumot beramiz.

SHotaning "Tumanli Albion"ga yo'l olishi to'g'risidagi xabarlar uning do'sti Ajun Ilijali (turkiyalik mediamagnat) nomi bilan bog'liq.

Gap shundaki, avvalroq Niderlandiya chempionatida ishtirok etuvchi Sittardning "Fortuna" klubini xarid qilgan "Tv8" xo'jayini Angliyada ham bir klubi bo'lishini xohladi. Ajun Ilijalining tanlovi CHempionshipda og'ir kunlarni boshdan o'tkazayotgan "Xall Siti" bo'ldi.

"Xall" turk mediamagnati uchun 35,4 mln evroga tushdi. Ayni paytda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Rasmiyatchiliklar tugashi bilan "Paxtakor"ning sobiq ustozi "Xall Siti"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

"Trabzonspor" afsonasi, murabbiy sifatida Turkiyaning "Kayserispor" hamda "Qosimposho" klublarida ishlagan SHota Arveladze Ajun Ilijalining yaqin do'sti hisoblanadi. Malum bo'lishicha, 2 o'rtoq o'rtasidagi kelishuv oktyabr oyidayoq amalga oshgan. Ular 17 oktyabr kuni o'tkazilgan "Trabzonspor" 3:1 "Fenerbaxche" o'yinini tomosha qilish uchun Ajunning shaxsiy uchog'ida Trabzonga etib borishgan edi.

Mashhur tadbirkor yaqinda "Televole"ga bergan intervyusida bolaligidan APL muxlisi ekani, "Xall Siti"ni yuqori divizionga qaytarish haqida o'ylayotgani va jamoaning asosini turklar tashkil qilishi haqida gapirdi. Bu loyiha amalga oshsa, o'zbek futbolini yaqindan biladigan SHota qaysidir hamyurtlarimizni "Tumanli Albion"ga choralashi ham hech gap emas...

Bevosita Ajun Ilijaliga to'xtaladigan bo'lsak, u 1969 yil Erzurumda tug'ilgan. Hayotda o'z o'rnini topishga ancha qiynaldi. Televidenie sohasiga 22 yoshida oddiy sport jurnalisti sifatida kirib kelgan Ajun ayni paytda turk mediasidagi eng mashhur va boy ismlardan biri hisoblanadi. "Fenerbahche" jamoasi muxlisi va yaqin ko'makchisi hisoblanadi. 

U Istanbul jamoasiga doimiy ravishda moliyaviy dastak berib turadi. "Fenerbahche"ning bazi transferlari uning nomi bilan bog'lanadi. Xususan, Mesut O'zilni Turkiyaga olib kelgan ham aynan u ekani aytiladi. 

Quyidagi suratda esa Ajun Ilijali va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'onni ko'rishingiz mumkin.

Malumot uchun, SHota Areladze ham turk mediasi va futbol olamida nihoyatda mashhur hisoblanadi.

Tug'ilgan kunini nishonlayotgan "sehrli tayoqcha"

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика