So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Artyom Potapov: "Superliga saviyasi meni xayron qoldirdi. Menimcha, u Qozog'iston chempionatidan kuchliroq" Yangiliklar

Artyom Potapov: "Superliga saviyasi meni xayron qoldirdi. Menimcha, u Qozog'iston chempionatidan kuchliroq"

"Surxon" darvozaboni Artyom Potapov Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichevga qisqacha intervyu berdi.

- Uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- "Bunyodkor" tajribaliroq jamoa bo'lgani uchun qiyinroq bo'ldi. Umuman, menga bu jamoa haqida shunday deyishgandi, chunki hali boshqa jamoalar va futbolchilarni to'liq o'rganishga ulgurmadim. Lekin "Bunyodkor"ning mavsum boshidagi natijalari jiddiy raqib ekanligidan dalolat berardi. CHetlatish, albatta o'yinga tasir qildi. Boisi, qizil kartochkadan oldin biz raqibdan ancha kuchliroq o'ynadik. Haqli ravishda g'alabaga erishdik deb o'ylayman.

- Jamoaga yaqinda kelganingizga qaramay, sardorlik bog'ichini oldingiz. Bu qanday sodir bo'ldi?

- Murabbiylar shtabi shunday qarorga keldi. Mavsumning ilk o'yini oldidan sardorlik bog'ichini menga ishonib topshirishdi. Nima uchun meni tanlashganini bilmayman.

- Faoliyatingiz davomida ko'p joylarda o'ynagansiz. Evropada, Rossiya va boshqa mamlakatlarda. CHempionatimizni qaysi mamlakatniki bilan solishtirish mumkin?

- Yaxshi savol. To'g'risini aytsam, bu erga kelganimda futbol stilistik jihatdan biroz boshqacha deb o'ylagandim. Osiyolik futbolchilar ko'pincha chaqqon, ozg'in. Ammo xayratda qoldim. Kurashlar ko'p, hissiyotlar bisyor. Jamoalar o'zgacha o'ynaydi. Umuman olganda, chempionat menga yoqdi. Yaxshigina tezlik bor, hamma oxirigacha kurashadi. Istalgan jamoa bir-biridan ochko olishi mumkin. Aniq saviya haqida gapiradigan bo'lsam, Superliga hozir Qozog'iston chempionatidan kuchliroq ekanligiga ishonchim komil. Hatto infratuzilma jihatdan ham. Kichik shaharlarga kelganimda Armanistonda, Qozog'istonda hatto Rossiyada ham, masalan, FNLda bo'lmagan yaxshi stadionlar, sifatli tabiiy maydonlarni ko'raman. 

- Sizningcha, "Surxon" chempionatni qaysi o'rinda tugata oladi?

- Menimcha, yigitlarning o'zlari hali nimalarga qodirligini to'liq ko'rsatishgani yo'q. Ko'p yoshlar mamlakatning eng yaxshi akademiyalaridan o'tishgan. Hamma narsa o'zimizga bog'liq. Maqsadimizni cheklab qo'ymasak, deylik kuchli beshlikka kira olamiz.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика