So’nggi yangiliklar

17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  2 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  36 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  19 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  6 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2

Artyom Petrosyan: "Lokomotiv" futbolchilari Superliga darajasida. Ular bejiz liga peshqadami emasligini ko'rsatishdi" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Lokomotiv" futbolchilari Superliga darajasida. Ular bejiz liga peshqadami emasligini ko'rsatishdi"

Proliganing 16-turi doirasidagi "Lokomotiv" hamda "Olimpik" (2:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bolalar peshqadam jamoaga qarshi yomon o'yin ko'rsatishmadi. Afsuski bo'limlar boshida oddiy vaziyatlarda gollar o'tkazdik. "Lokomotiv" o'zining yarimta imkoniyatidan ham foydalandi. Biz esa afsuski foydadanmadik.

O'yin taqdirini kichik detallar hal qiladi. Bugungi o'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. Yigitlarga etiroz yo'q, ular borini berib o'ynadi.

- Nima deb o'ylaysiz, butun mavsum uchun 20 ta o'yin kam emasmi?

- Juda kam. Butun boshli mavsum uchun 20 ta o'yin kam. Bugun o'ynadik. Keyingi o'yinimiz 16 oktyabr kuni bo'ladi. Yigitlarni tayyorlash jarayoni qiyin bo'ladi. 

Jamoamiz yosh, ular qancha ko'p o'ynashsa, shuncha yaxshi. Bu orqali yosh futbolchilar ko'p tajriba olishadi. O'yinlar kamligi o'z navbatida murabbiylarga ham qiyinchilik tug'diradi.



- Tajriba bugun ustunlik qildimi?

- Ha. Yana bir bor aytaman - mayda detallar katta rol o'ynadi. Oddiy vaziyatlarda, uzatmalar vaqtida xato qildik. "Lokomotiv" xatolarimizni kechirmadi. Jamoa oddiy uzatma orqali gol urib ketdi. Bu darajani bildirib turibdi. Jamoa bekorga liga peshqadami emas. Futbolchilar Superliga darajasida. Bizning yigitlar esa hali yosh. 

- Yoshlarni o'ynatish kerak deymiz. Lekin ular ko'p yutqazishsa, sinib qolmaydimi?

- Bu erda murabbiyga ham ko'p narsa bog'liq. O'yindan so'ng ularni qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Albatta ularni ko'p tanqid qilib, xatolar uchun bosim o'tkazaverilsa sinib qoladi. Sekin-sekin tajriba keladi. Buning uchun vaqt kerak.

Biz yigitlar kelasi yil Superliga jamoalarida o'yin o'tkazishsa, xursand bo'lamiz. Hozir turli yosh toifalarida 4 nafar futbolchimiz bor. Shu tomonlama biz xursandmiz.



Reyting:    

Fikrlar

+1   
05 okt 20:59:09
Жамшид Jamshid
Каердан синиб колади эски футболчи тренерларни угиллари уйнавоти. Наборот
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика