So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  0 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Artyom Filiposyan: “Jarohatlardan to'liq forig' bo'ldim” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Jarohatlardan to'liq forig' bo'ldim”

Barchaga malumki “Buxoro” joriy chempionatning birinchi davrasini yaxshi natijalar bilan yakunladi.
Bunda jamoa o'yinchilari birdek harakat qilishdi. Biz bugun aynan jamoamiz  ilg'or o'yinchilaridan biri,  markaziy himoyachi, Artyom Filiposyan haqida so'z yuritmoqchimiz. Artyom, jamoaning eng og'ir xulq atvorli o'yinchilaridan biri desak adashmaymiz. U o'ynagan uchrashuvlari orqali  ko'pchilik muxlislarda iliq taassurot qoldirgan. Biroq so'ngi paytlarda Artyom oyog'idan olgan jarohati tufayli bir qator bahslarni o'tkazib yubordi. SHu va boshqalarni inobatga olgan  xolda, Artyom bilan uchrashib, u bilan suhbatlashdik.   

- Artyom, malum muddatlik tanaffusdan keyin yana jamoaga yordam berishni boshladingiz. Jarohatlar ortda qoldimi?

- Avvalo men  birinchi o'rinda  “Buxoro” jamoamiz  rahbariyati, jamoa o'yinchilari va muxlislarimizga  o'z minnatdorchiligimni bildirib ularga raxmat aytmoqchiman. Ayniqsa jonkuyar ishqibozlarimiz deyarli har kuni qo'ng'iroq qilib, tezroq tuzalib safga qaytishimni istab menga ruxan dalda berib turishardi. Buning uchun ular aloxida rahmat!

Yuqorida bergan savolingizga ko'ra haqiqatdan ham men, malum muddat majburiy tanaffus qildim. Bunga oyog'imdan olgan  qattiq  jarohatim sabab bo'ldi. Xudoga shukurki, jaroxatim ortda qoldi. Bu albatta o'z –o'zidan bo'lmadi. Jaroxatim sababli  birinchi davra  o'yinlarida ishtirok eta olmadim. Jaroxatimni davolash maqsadida poytaxtimizdagi malakali, tajribali shifokorlar qo'llaridan kelgancha harakat qildi. Lekin,  endi oyog'im tuzaldi deganimda, jaroxatning qandaydir asorati sog'lig'imga rahna solib turdi. SHundan so'ng men Moskvaga ketdim. U erda ham  tajribali  shifokorlarga uchrab,  davolanishimga qaramay  meni bezovta qilayotgan jaroxat asoratini tushuntirdim. Baxtimga Nikita Naumovich degan malakali shifokor uchradi va u meni jarohat asoratlaridan  qutqarib  to'liq  davoladi. SHu o'rinda u kishiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.  Xullas shundan so'ng men Toshkentga qaytdim. Qaytganimda jamoamiz Toshkent shaxrida, tog'-yon  bag'rida mashg'ulotlarni o'tayotgan edi. Darhol ular bilan mashg'ulotlarga qo'shila olmadim va shuning uchun o'z ustimda vaqtinchalik,  individual tarzda ishlashimga to'g'ri keldi. Ko'proq vaqtni mashg'ulot zallarida,  hamda ochiq xavoda, mashg'ulotlar qilish bilan o'tkazdim.  Asta sekinlik bilan,  umumiy guruhga qo'shilib,  ular bilan mashg'ulot qila boshladim va mana kuni kecha ko'rganingizdek  ikkinchi davraning birinchi o'yinida “Olmaliq”ga qarshi maydonga tushishga muvaffaq bo'ldim.  Jamoam uchun xamma vaqt  yordamga tayyorman.  O'ylaymanki chindan ham jaroxat ortda qoldi. Bundan keyin nasib etsa “Buxoro” bundanda  yuksak cho'qqilarga chiqishi  uchun hammamiz barobariga  harakat  qilamiz.  Men buni ishonch bilan ayta olaman.  
   
- Jarohatlardan keyin 90 daqiqa o'ynash ancha qiyinchilik tug'dirgandir?

- Ha! Davolanib chiqqanimdan so'ng birinchi o'yin oson bo'lmadi albatta.  Xattoki o'yinni o'rtasida  jismonan ozgina charchab qolganimni ham sezdim. Lekin shunday bo'lsa ham  bo'sh kelmadim va meni  o'rnimga boshqa o'yinchi kirishiga  ham yo'l qo'ymadim. Biz bitta jamoamiz va qanday vaziyat bo'lmasin buni raqib jamoaga  aslo sezdirmasligimiz kerak deb hisoblayman. Endi bor kuchimni keyingi uchrashuvlarda, g'alabaga qozonishga qarataman!

- Alamli durang haqida fikringiz qanday?

- Bu haqda nima ham deyishim mumkin? Albatta alamli deb to'g'ri aytdingiz.  O'yin bunday tarzda kechadi  deb hech kim o'ylamagan edi. Jamoamiz  ikkita penaltini kutmagan edi. Lekin shaxsan men o'yinchilarimiz ajoyib o'yin ko'rsatdi deb bemalol  ayta olaman. Agarda penalti bo'lmaganida g'alaba bizniki bo'lardi albatta. Oxirgi daqiqalarda hammasi o'zgarib ketdi. Mayli nima ham derdik. O'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin.  

- So'z ohirida ishqibozlarga tilaklaringiz?

- Ularga faqat  sog'lom xayot, jismonan baquvvatlik, ruhan tetiklikni tilab qolaman. Ular borki biz bormiz va odilona hakamlarimiz  ham ular. Negaki, tomoshabinlar o'yinga kirib, sizni olqishlab, talabchanlik qilishi futbolchiga ham huzur bag'ishlaydi va uning yanada  xarakat qilishga undaydi. Futbol aslida ishqibozlar uchun. Doimo sog' va salomat bo'lishsin. Bizni qo'llab – quvvatlashda charchashmasin deyman.

 
"Buxoro" matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика