Arteta: "Raqib o'yinni sekinlashtirdi va bizda muammolar paydo bo'ldi"
04 fev 2023 20:43
Yangiliklar
Arteta: "Raqib o'yinni sekinlashtirdi va bizda muammolar paydo bo'ldi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Everton"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:1) haqida fikr bildirdi.
"To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik bizda edi, ammo bahsning so'nggi qismida bizga sifat etishmadi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq keyin raqib gol urdi. Ular o'yinni sekinlashtirishdi va jamoamizda muammolar paydo bo'ldi.
"Everton" har qanday raqibga qarshi shunday harakat qiladi, bu ularning kuchli tomoni. Bunday jamoaga qarshi o'yinni nazorat qilmoqchi bo'lsang hammasiga tayyor turish kerak.
Sovuqqonroq bo'lib, ruhiy jihatdan o'zimizni nazorat qilishimiz kerak edi. Ko'plab keraksiz qoidabuzarliklar bo'ldi, bu esa "Everton"ga yoqib tushdi.
Jamoam bilan faxrlanaman, ular muvaffaqiyatga haqli. Kelasi o'yinda bugungidan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz" - deydi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar