Arteta: "Juda xafaman"
23 okt 2022 22:05
Yangiliklar
Arteta: "Juda xafaman"
"Arsenal"ning ispaniyalik murabbiyi Mikel Arteta “Sautgempton”ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Angliya chempionatining o'n uchinchi turidan o'rin olgan bahsda Londonning “Arsenal” jamoasi “Sautgempton” maydoniga yo'l oldi, biroq klub hisobni birinchi bo'lib ochganiga qaramay, o'yinda g'alaba qozona olmadi.
"Albatta, natija boshqacha bo'lishi kerak edi. Lekin biz raqibni hurmat qilishimiz lozim. Ikkinchi bo'limda bir nechta vaziyatlar yaratgan bo'lsak-da, tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Ikkinchi golni urib, g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Uchrashuvdan hafsalam pir bo'ldi", - dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, keyingi turda London klubi o'z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar