So’nggi yangiliklar

08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  22 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7

Arslon Tolipov: "Norin"ga Bozorovning taklifiga binoan kelganman" Yangiliklar

Arslon Tolipov: "Norin"ga Bozorovning taklifiga binoan kelganman"

Teglar :  NorinArslon Tolipov
O'z vaqtida taniqli hujumchilardan biri bo'lgan Arslon Tolipov so'nggi yillarda murabbiylik sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bir necha yillardan buyon Toshkentning "NBU-Osiyo" jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan Tolipov joriy mavsum ish joyini o'zgartirishga qaror qildi. Aniqrog'i bu yil yana birinchi ligada ishtirok etishni boshlagan Haqqulobodning "Norin" jamoasida faoliyat yuritadigan bo'ldi. 

- "Norin" jamoasiga bosh murabbiy Ravshan Bozorovning taklifiga binoan kelganman. Bilasiz ilgari "NBU-Osiyo"da Bozorov bilan birga ishlagandik. SHu bois u kishi yangi jamoasida yana men bilan hamkorlik qilishga  taklif etdi. Keyin "NBU-Osiyo" bilan xayrlashishga qaror qildim.

- Haqqulobod jamoasiga kelib adashmadim deya olaman. Eng avvalo bu erda xalq futbolni sog'ingan. Uy o'yinlarimizga minglab ishqibozlar tashrif buyurib, stadion tribunasini to'ldirib o'tirishibdi. Albatta bunday muhitda ishlash juda yoqimli bo'lmoqda.   

- "Norin" klubi rahbariyati, Davronbek Karimov, Murodjon Sobirov kabi fidoiy insonlar bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda. Yaratilgan sharoitlar ham ko'ngildagidek. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman va ishonchini oqlash uchun sidqidildan ishlaymiz. 

- Bu erda menga ikkinchi ligada ishtirok etuvchi jamoamizni berishdi. Yosh bolalarga o'z bilimlarimni berib bormoqdaman. SHu bilan birga asosiy jamoada Ravshan Bozorovga ham mashg'ulotlarni o'tkazishda ko'maklashaman - deydi Arslon Tolipov.   


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика