"Arsenal" ushbu mavsumda kamdan-kam ochko yo'qotdi" - Gvardiola
15 apr 2023 10:14
Yangiliklar
"Arsenal" ushbu mavsumda kamdan-kam ochko yo'qotdi" - Gvardiola
"Biz "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolayotganimizni unutmasligimiz kerak va bu jamoa ushbu mavsumda kamdan-kam ochko yo'qotdi. Qolaversa, ular haftada bitta o'yin o'tkazmoqda, tiklanish va tahlil qilish uchun vaqtlari bor.
"Arsenal" shu paytgacha ajoyib o'ynayotgani biz uchun muammo. Ular rostan yaxshi o'ynashmoqda, lekin biz ham yaxshi ko'rinyapmiz. Men buni falokat deb aytmagan bo'lardim. Biz hali ham kurashdamiz, lekin bizdan yaxshiroq jamoa bor. Buni qabul qilish va tan olish kerak, keyin esa yo'lda davom etish lozim", – dedi Gvardiola.
Qayd etish joizki, "Manchester Siti" "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolayotgan bo'lsa-da, "shaharliklar" zaxirasida 1 o'yin bor. "Etixad"da ularni "Arsenal"ga qarshi o'zaro qarama-qarshilik ham kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar