So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

"Arsenal" Deklan Raysning vakillari bilan aloqaga chiqdi Yangiliklar

"Arsenal" Deklan Raysning vakillari bilan aloqaga chiqdi

London klubi Deklan Rays transferi bo'yicha futbolchining vakillari bilan bog'landi.

"To'pchilar" yozgi transferlar davrida "Vest Xem" sardori Deklan Raysni safiga qo'shib olish borasida muzokaralarga kirishdi. 24 yoshli futbolchi o'tgan yozda klubni tark etishi haqida jiddiy xabarlar tarqalganiga qaramay, "Vest Xem" uni o'zida ushlab qolishga muvaffaq bo'lgandi. "Manchester Yunayted" katta mablag' taklif qilganiga qaramay, Raysni qo'lga kirita olmadi.

Rays mavsum yakunlanganidan keyin kelajagi borasida harakatga tushishi kutilmoqda. U CHempionlar Ligasida o'ynash istagini bildirgan. Futbolchi hozirgi klubi bilan shartnomasining oxirgi 18 oyiga kirdi. Klub u bilan bitimni bir yilga uzaytirish huquqiga ega. Uning transferi uchun 100 mln funt atrofidagi takliflar kutilmoqda.

Angliya terma jamoasi azosi uchun "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" ham kurashishi aytilmoqda. Biroq ular orasida Rays eng ko'p o'z tarkibida ko'rishni istaydigan jamoa "Arsenal" ekanligi malum. "Arsenal" hozirdan harakatni boshladi va futbolchi uchun haftasiga 200 ming funt maosh taklif qilmoqda.

Deklan Rays joriy mavsum jami 28 ta o'yinda ishtirok etdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика