"Arsenal" bir sababga ko'ra "Real"dan Rodrigoni sotib ololmasligi mumkin
22 iyu 00:03
Yangiliklar
"Arsenal" bir sababga ko'ra "Real"dan Rodrigoni sotib ololmasligi mumkin
Matbuot "Real" hujumchisi Rodrigoni Londonning "Arsenal" klubi bilan bog'lashda davom etmoqda.
"To'pchilar" hujumni kuchaytirmoqchi va bir necha poziciyada oldinda o'ynay oladigan Rodrigo Mikel Artetaga juda yoqmoqda.
"Real" Rodrigo uchun taxminan 75 million evro talab qiladi. "Arsenal" bunday pulni to'lashga tayyor, ammo transferga ish haqi to'siq bo'lishi mumkin.
Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli braziliyalik hujumchiga bir mavsum uchun 12 million evro to'lashga tayyor emas.
Rodrigo o'tgan mavsumda 52 o'yinda 14 gol va 11 golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar