So’nggi yangiliklar

15:55Суперлига. "Нефтчи" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  1 15:36Шармандагарчилик давом этади: CAF Садио Манеден Африка Миллатлари Кубогининг энг яхши ўйинчиси совринини қайтаришни талаб қилди  3 14:41Руни тарихдаги энг ёмон Жаҳон чемпионатини айтди  4 14:14Иккинчи таймда порлаган Салоҳ  1 13:39ФИФА Жаҳон чемпионати бўйича қарор қабул қилди  9 13:08"Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз": Кейн "Бавария"нинг "Реал"га қарши ўйинлари ҳақида  18 12:40Павич "Бавария" тарихида ЕЧЛдаги энг ёш ўйинчига айланди  1 12:03Кэррик "Манчестер Юнайтед" футболчисини йил ўйинчиси совринига лойиқ деб билади  4 11:21Беллингем қачон майдонга қайтади?  3 10:54"Реал" МЮнинг трансфер мақсадини "илиб кетмоқчи"  2 10:21"Манчестер Сити" ва "Челси" товон пули 500 миллион евролик футболчига қизиқиш билдирмоқда  2 09:52"Ливерпуль" ёзда олти ўйинчи билан хайрлашиши мумкин  3 09:20Европа лигаси чорак финал жуфтликлари маълум  0 08:50Суперлига. Бугун 4-тур якунланади  16 08:12ФИФА Исроилга нисбатан санкциялар жорий қилди  19

"Arsenal" - "Barselona". Prevyu Yangiliklar

"Arsenal" - "Barselona". Prevyu

Teglar :  BarselonaArsenal
Bugun tunda jahonning eng kuchli jamoalarining ikkisi bir-biriga qarshi "Emireyts"da maydonga tushadi.

Ko'pchilikning fikricha, ushbu bosqichda Luis Enrike armiyasi g'alaba qozonib keyingi raundga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Ammo jahon darajasidagi futbolchilarga ega "Arsenal"ni hisobdan chiqarish to'g'ri emas.

"Barselona"


O'tgan haftada "Barselona" Ispaniya chempionatidagi birinchi o'rnini mustahkamlab oldi.

"Las-Palmas" ustidan qozonilgan g'alaba va "Real" va "Atletiko"ning durang natijasi tufayli Kataloniya klubi La Liga sovrinini saqlab qolish imkoniyatlarini oshirib oldi. Boshqa tarafdan qaraydigan bo'lsak, Ispaniya Kubogi finaliga chiqqan "Barselona" mavsum oxirigacha kuchini to'g'ri taqsimlay olishi qiyin.

"Las-Palmas"ga qarshi bahsda Luis Enrikening jamoaning ikki etakchi futbolchisi - Xerard Pike va Serxio Busketsga dam olish imkoniyatini berdi. Kataloniyaliklar ustozi navbatdagi bahsda Busketsga yordam beradigan futbolchi tanlashda boshi qotgan. Arda Turan diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi, Serxi Roberto esa to'liq ishonib bo'lmaydi.

Taxminimizga ko'ra, murabbiy Roberto (uning energiyasi tufayli) va Andres Inestani maydonga tushiradi, ammo Ivan Rakitich ham kuchli futbolchi.

Darvozabonga to'xtaladigan bo'lsak, joriy mavsumda ham xuddi oldingisidek ter SHtegen bugungi uchrashuvda Kataloniya klubi posboni vazifasini bajaradi.


"Arsenal"


Braziliyalik himoyachi Gabriel jarohat olgan va shu sababli Mertesaker uning o'rnini egallaydi. "Arsenal"ning baxtiga Petr CHex, Koselni, Belerin, Nacho Monreal va Koklen soppa-sog'.

SHu kungacha "Barselona" hujumchisi Lionel Messi CHex darvozasini hech qachon ishg'ol qila olmagan. "To'pchilar" hujumi markazida Olive Jiru o'ynaydi.

Uelbek ham ushbu joyga mos tushadi, chunki ingliz jismoniy jihatdan ancha baquvvat. Markaziy hujumchiga qanotlarda Joel Kembell, Teo Uolkott va Oksleyd-CHemberlen yordam berishi mumkin.

"Arsenal"ning hujumlari ikki futbolchining harakatiga bog'liq. Mesuot Ozil joriy mavsumda fantastik o'yin ko'rsatyapti va "Barselona" himoyasidagi tirqishlarni topa olishiga ko'pchilik shubha qilmasa kerak. Aleksis Sanches esa jarohatidan qutilib, asta-sekin formasini tiklab boryapti.

"Arsenal" va "Barselona" uchrashuvi avvaldan tomoshabop bo'lib kelgan va navbatdagi to'qnashuv ham shunday kechishi kutilyapti.

"To'pchilar" o'z uyida har qanday raqibni taslim eta olishini, CHempionlar ligasining guruh bosqichida "Bavariya" misolida ko'rsatib bo'ldi.

"Arsenal" taxminiy tarkibi: Petr CHex, Belerin, Koselni, Mertesaker, Nacho Monreal, Koklen, Remsi, Mesut Ozil, Aleksis Sanches, Teo Uolkott va Jiru.

"Barselona" taxminiy tarkibi: Ter SHtegen, Dani Alves, Xerard Pike, Xaver Maskerano, Xordi Alba, Serxio Buskets, Serxi Roberto, Andres Inesta, Neymar, Messi va Luisa Suares.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика