APL tarixidagi eng qimmat futbolchi Enco: "CHelsi" muxlislari qarshisida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman"
02 fev 2023 12:14
Yangiliklar
APL tarixidagi eng qimmat futbolchi Enco: "CHelsi" muxlislari qarshisida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman"
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligi qo'lga kiritgan xavbek APL tarixidagi eng qimmat xarid bo'ldi. 22 yoshli yarim himoyachining transfer qiymati 121 million evroni tashkil qildi.
"Men "CHelsi" va uning egalariga meni ushbu loyihaning bir qismi bo'lishim uchun qo'lidan kelganini qilgani uchun minnatdorman. Men bu jamoaga qo'shilganimdan, dunyoning eng yaxshi ligasida o'ynashim, eng muhim sovrinlar uchun kurashishimdan xursandman va hayajondaman.
Muxlislarimiz qarshisida o'ynashni va jamoadoshlarimga maydonda va undan tashqarisida yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapman", – dedi Fernandes "CHelsi" matbuot xizmatiga.
Malumot o'rnida, kecha "CHelsi" "Kobxem" (klub mashg'ulot bazasi – tahr.)da Enco Fernandesning taqdimot marosimini o'tkazdi. Argentinalik xavbek 5-raqamni oldi. Bungacha mazkur raqam ostida kuni kecha "Arsenal"ga o'tgan Jorjino o'ynardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar