So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lub etdi

APL 14-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

APL. "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" 1:0

Gollar: Markus Reshford (Kristian Eriksen) 38'

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 20. Diogu Dalot, 5. Xarri Maguayr, 6. Lisandro Martines, 23. Lyuk SHou, 18. Kazemiro, 14. Kristian Eriksen (17. Fred 79'), 36. Entoni Elanga (39. Skott Maktominey 61'), 8. Brunu Fernandesh, 10. Markus Reshford, 7. Krishtianu Ronaldu.

Zaxira: 30. Natan Bishop, 31. Martin Dubravka, 12. Tayrell Malasia, 28. Fakundo Pelistri ,34. Donni van de Bek, 49. Alexandro Garnacho, 25. Jeydon Sancho.

"Vest Xem": 1. Lukash Fabianskiy (13. Alfons Areolya 46'), 24. Tilo Kerer, 15. Kreyg Douson, 4. Kurt Zuma, 3. Aaron Kressuell, 28. Tomash Souchek, 41. Deklan Rays, 20. Jerrod Bouen, 12. Flinn Dauns (8. Pablo Fornals 78'), 22. Benraxma Moxamed Said, 7. Janluka Skamakka (9. Maykl Antonio 57').

Zaxira: 2. Ben Jonson, 5. Vladimir Coufal, 21. Andjelo Ogbonna, 33. Emerson, 10. Manuel Lansini, 32. Konor Koventri.

Ogohlantirishlar: Janluka Skamakka 36', Tomash Souchek 72', Tilo Kerer 79', Brunu Fernandesh 90'

Manchester United

Marcus Rashford - 38'

Premier League . 14-tur

30/10/2022, 20:15

0
:
1
Tugadi

West Ham United

Stadion: Old Trafford, 73682 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
38'  Marcus Rashford
38'  Christian Eriksen
61'  Anthony Elanga (Scott McTominay)
79'  Christian Eriksen (Fred)
90'  Bruno Fernandes
36'  Gianluca Scamacca
46'  Lukasz Fabianski (Alphonse Areola)
57'  Gianluca Scamacca (Michail Antonio)
72'  Tomas Soucek
77'  Flynn Downes (Pablo Fornals)
78'  Thilo Kehrer


90+4. O'yin tugadi!

90+3. Jerrod Bouenning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini de Xea qaytardi! Dahshatli seyv!

90+2. Uchrashuv so'nggi "yonmoqda".

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Maktomineyning havolatib uzatgan to'pini Fred boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

83. Kurt Zumaning darvoza tomon bosh bilan bergan zarbasini de Xea qaytardi!!! Super seyv!

82. Maykl Antonioning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini de Xea qaytarib yubordi.

78. "Vest Xem" jarima zarbasini amalga oshirdi. Havolatib uzatilgan to'pga boshi bilan Maguayr zarba berib, xavfni bartaraf etdi.

71. O'yin tempi yuqori emas. Har ikki jamoa ham vaqti-vaqti bilan hujumlar tashkil qilib turibdi.

61. Ronalduning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

51. Reshfordning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

50. Skamakka o'ziga uzatib berilgan to'pni darvoza yo'lladi, Martines tanasi bilan qaytarib qoldi, havodagi to'pga Janluka oyog'i bilan intildi, biroq uning butsasi Lisandroning boshiga tegib ketdi.   

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+1. O'yinning dastlabki qismi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Brununing havolati uzatib bergan to'piga Ronaldu bosh bilan zarba bera olmadi.

40. "Vest Xem" gol o'tkazib yuborgach qator hujumlarni amalga oshirmoqda.

Eriksenning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Markus Reshford boshi bilan darvozaga yo'llab, gol urdi!

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Reshford hisobni ochdi!

27. Kererning darvoza tomon yo'llagan zarbasini de Xea tanasi bilan qaytarib yubordi. Biroq ushbu holatda Tilo offsaydda qolgani malum bo'ldi.

26. Benrahmaga uzatilgan to'pga birinchi bo'lib de Xea etib kelib tepib yubordi. Ispaniyalik posbon ushbu vaziyatdada xatoga yo'l qo'yganida voqealar rivoji boshqacha tus olishi mumkin edi.

16. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Reshford boshi bilan darvozaga yo'lladi, Fabianskiy to'pni ushlab oldi.

15. Douson to'pni uzatishdi xato qildi, uni Reshford olib qo'yib oldinga yurish qilib zarba berdi, to'p rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

15. Kazemiro maydon markazida raqibidan to'pni olib qo'yib uni Ronalduga uzatdi, Krishning darvoza tomon yo'llagan zarbasini esa darvozabon ushlab oldi.

4. Hujum uyushtirish navbati mezbonlarda. Dalotning o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini Reshford darvozaga yo'naltirdi, biroq ushbu holatda "to'p Markusning oyog'iga tushmadi". 

2. Ilk daqiqalarda mehmonlar ancha faol. Jamoaning dastlabki hujumi zarbasiz yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика