So’nggi yangiliklar

11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  2 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   0 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1

APL. “Liverpul” o'z maydonida “Vest Bromvich”ni yuta olmadi Yangiliklar

APL. “Liverpul” o'z maydonida “Vest Bromvich”ni yuta olmadi

Angliya chempionati 15-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Liverpul" – "Vest Bromvich" 1:1

Gol: Mane (12, 1:0), Ajayi (82, 1:1).

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Robertson, Fabino, Veynaldum, Jons, Saloh, Xenderson, Mane, Firmino.

"Vest Bromvich" – Jonston, Ajayi, Ferlong, O`SHi, Gibbs, Soyers, Diangana, Fillips, Gallaxer, Robinson, Grant

YANGILASH

O'yin yakunlandi!! "Liverpul" 2 ochko yo'qotdi!

90+5. "Liverpul"da burchak zarbalari!

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAA!! Firmino yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi! Jonstondan super seyv!

86. "Liverpul"ning bosimi davom etmoqda. CHemberleynning zarbasini himoyachilar qaytarib yubordi.

82. GOOOOOOOOLLLLL!! Qanotdan oshirilgan to'pni Ajayi boshi bilan darvozaga kiritdi!

80. Xavfli vaziyat!!! Saloh raqib jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va zarba beraman deb turganida Diangana to'pni burchakka chiqarib yubordi.

78. ZARBAAAAA!! Trent yana bir bor jarimadan gol urishga intilib ko'rdi. Biroq zarba yana noaniq ketdi.

74. "Vest Brom" biroz jonlandi. Navbatdagi vaziyat burchak zarbasi bilan yakunlangandi. Undan oshirilgan to'pni Alisson ushlab oldi.

72. ZARBAAAAAA!!! Grant "Liverpul" posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Alisson to'pni bir amallab qaytarishga erishdi. Hisob tenglashishi mumkin edi.

69. "Vest Brom"dan hujum. Diangananing zarbasiga aniqlik etishmadi.

66. Salohning zarbasiga aniqlik etishmadi.

61. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganida bosh hakam kechiktirilgan fol sababli hushtak chaldi. Bunga Klopp norozilik bildirdi. Natijada sariq kartochka ishlab oldi.

60. Fabino jarohat oldi. Uning o'rniga Uilyams maydonga tushmoqda.

56. UXXXX! Markazda Xendersonga qarshi juda qo'pol o'ynagani sababli O'SHi ogohlantirildi. 

52. Nihoyat, mehmonlardan ilk zarba. Grantning zarbasi Alisson uchun muammo bo'lmadi.

50. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Saloh Firmino bilan devor uslubidagi paslari biroz o'xshamadi. To'p Jonstonga bordi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishdi.



"Vest Bromvich"ning hujumidan keyin birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. O'yin nazorati "Liverpul" tomonida. "Vest Brom" esa birinchi bo'limda birorta vaziyat yarata olmadi.

40. Xenderson to'pni hujum markazidagi Salohga uzatgandi. Himoyachilar o'z o'rnida. 

34. ZARBAAAAA!! Robertson jarimadan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi. Qaytgan to'pga Saloh kuchli zarba berdi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

30. ZARBAAAAA!!! Trent jarimadan Jonston darvozasini nishonga oldi. Biroz noaniq.

26. Xenderson "Vest Brom" darvozasi yaqiniga to'pni oshirgandi. Jonston sakrab to'pni ushlab oldi.

21. ZARBAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Mane boshi bilan noaniq zarba yo'lladi!

19. XAVFLI VAZIYAT!! Maneda gol urish uchun yana bir vaziyat yuzaga keldi. Unga himoyachilar zarba berishiga imkon qoldirmadi.

17. Mane dublini nishonlashi mumkin edi, biroq raqiblari unga halaqit qila oldi. 

12. GOOOOOOOOOLLLL!! Mane markazdan oshirilgan to'pni ajoyib tarzda to'xtatib, bir urinishda darvozani ishg'ol qildi!

10. Nihoyat, "Vest Brom"ni ham hujumda ko'rdik. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Ajayi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

6. UXXXX!! Robertson o'z qanotidan to'pni markazdagi Salohga oshirdi. Muhammad zarba berishga kechikdi.

5. "Liverpul"ning bosimi davom etadi. Fabinoning xavolatib uzatgan to'pini himoyachilar autga chiqarib yuborishdi.

3. Xavfli vaziyat! Robertsonning qanotdan oshirgan to'pini xavfli ko'rinish oldi. Biroq "qizillar"dan biror futbolchi darvozaga zarba bera olmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga tushib kelishdi.

 - Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Liverpul" - "Vest Bromvich" uchrashuviga qaratamiz. Bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика