So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  16

APL klublaridan qaysi futbolchilar Afrika kubogida ishtirok etadi? Yangiliklar

APL klublaridan qaysi futbolchilar Afrika kubogida ishtirok etadi?

Bugun Afrika millatlar kubogi start olishi haqida xabar berdik.
Eplmanager.com sayti ishqibozlarini Angliya premer-ligasidan Afrika kubogiga qaysi futbolchilarning yo'l olishi qiziqtirishi tabiiy.

SAKKIZ BAXTLI KLUB

"CHelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Vest Bromvich", "Bernli", "Middlsbro", "Sautgempton" va "Suonsi" klublaria Afrika kubogi hech qanday tasir qilmaydi. Yani ushbu klublar safida 2017 yilgi Afrika millatlar kubogida ishtirok etuvchi futbolchilar umuman yo'q.

Gambiyalik Barrou ("Suonsi"), nigeriyalik Mozes ("CHelsi") va Ixeanacho ("Man Siti"), keniyalik Vanyama ("Tottenxem"), ekvatorial gvineyalik Nsue hamdaa beninlik Gested (ikkisi "Midlsbro") kabi futbolchilarning terma jamoalari bu yilgi musobaqaga chiqa olmadi. "Sautgempton" vakili marokashlik Sofyan Bufal aslida Afrika kubogiga yo'l olayotgandi. Biroq terma jamoa safida futbolchi jarohat oldi va ortda qaytadigan bo'ldi.

Kamerun qita kubogida ishtirok etadi. Biroq "Vest Brom" azosi Nom terma jamoadan chaqiruv olmadi. Nihoyat "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture ancha oldin terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini elon qilgan.



BIRGINA YO'QOTISH

Qora qitada o'tadigan musobaqaga Angliyaning 6ta klubi o'zining bir nafardan futbolchisini yuboradi. Albatta qaysidir klublar o'zlarining etakchi futbolchilari xizmatidan foydalana olishmaydi. Biroq 11 kishi o'ynaydigan sport turida bu u qadar katta yo'qotish emas.  

"Everton": Idrissa Geye (Senegal)
"Liverpul": Sadio Mane (Senegal)
"Manchester Yunayted": Erik Baylli (Kot d'Ivuar)
"Arsenal": Muhammad Elneni (Misr)
"Bornmut": Maks Gradel (Kot d'Ivuar)
"Uotford": Adlen Gediura (Jazoir)



IKKI YO'QOTISH

Uchta klub esa Afrika millatlar kubogiga ikki nafardan futbolchisini qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.

"Kristal Pelas": Uilfrid Zaxa (Kot d'Ivuar), Bakari Sako (Mali)
"Xall Siti": Demersi Mbokani (DR Kongo), Ahmad El Muhammadi (Misr)
"Vest Xem": SHeyxu Kuyate (Senegal), Andre Ayyu (Gana)



"AFRIKA KUBOGINGAYAM"


Ha, yanvar oyi o'rtasida boshlanadigan Afrika kubogiga uch nafardan futbolchisini yuborayotgan klub murabbiylari beixtiyor shunday deb yuborishsa kerak. Ayniqsa ular klubning etakchilari bo'lishsa. Bu borada "Lester"ning ahvoliga achinmay iloji yo'q.

"Stok Siti": Mame Biram Diuf (Senegal), Vilfrid Boni (Kot d'Ivuar), Ramazon Sobxi (Misr)
"Sanderlend": Dide Ndong (Gabon), Vahbi Xazri (Tunis), Lamin Kone (Kot d'Ivuar)
"Lester": Riyad Marez, Islam Slimani (Jazoir), Daniel Amartey (Gana)


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика