So’nggi yangiliklar

22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  34 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

APL. "Manchester Siti" safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Angliya chempionati 7-turining "Everton" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

UCHRASHUVNING ONLAYN NATIJASI VA TAFSILOTLARINI USHBU SAHIFA ORQALI KUZATIB BORING!

Everton

Dominic Calvert-Lewin - 33'

Premier League . 7-tur

28/09/2019, 22:30

3
:
1
Tugadi

Manchester City

Gabriel Jesus - 24', Riyad Mahrez - 71', Raheem Sterling - 84'

Stadion: Goodison Park, 39222 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
7'  Theo Walcott (Alex Iwobi)
33'  Dominic Calvert-Lewin
33'  Seamus Coleman
59'  Morgan Schneiderlin
70'  Yerry Mina
74'  Alex Iwobi (Moise Kean)
81'  Morgan Schneiderlin (Tom Davies)
24'  Gabriel Jesus
24'  Kevin De Bruyne
38'  Rodri
51'  Nicolas Otamendi
66'  Gabriel Jesus (Sergio Aguero)
71'  Riyad Mahrez
80'  Kevin De Bruyne (Bernardo Silva)
84'  Raheem Sterling
86'  Raheem Sterling (David Silva)

Everton – Manchester Siti 1:3 LIVE

28 sentyabr, 21:30, «Gudison Park»

Gollar: 24' Jezus — 0:1, 34' Koulmen — 1:1, 71' Marez — 1:2, 85' Sterling — 1:3.

Everton – Pikford, Koulmen, Mina, Kin, Din, SHnayderlin (81, Devis), Sigurdsson, Risharlison, Delf, Uolkott (5, Ivobi, 74, Kin), Kelvert-Lyuin.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Uoker, Zinchenko, Fernandino, Rodri Ernandes, de Bryuyne, Marez, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus (67, Aguero).

Ogohlantirishlar: Rodri (38), SHnayderlin (59).


                                                  YANGILASH 


UCHRASHUV TUGADI VA "SITI" MUHIM UCH OCHKONI QO'LGA KIRITDI

— IKKINCHI BO'LIMGA 4 DAQIQA QO'SHIB BERILDI.

86. Sterling o'rniga David Silva tushdi.

85. GOL! Sterlingning zarbasi darvoza to'siniga tegib darvoza chizig'ini kesib o'tdi. VAR tizimi esa buni tasdiqladi. "Siti" g'alabaga yana bir qadam tashladi.

81. SHnayderlin o'rniga Devis tushirildi.

76. Kelvert-Lyuin hisobni tenglashtrishi mumkin edi. Ederson qutqarib qoldi.

74. Ivobi o'rniga Moyze Kin tushdi.

71. GOL! Riyad Marez jarima zarbasidan unumli foydalandi.

67. O'zgarish. Jezus o'rniga Aguero tushdi. Joriy mavsum argentinalik hujumchi hisobida 8 ta gol mavjud.

60. Marezning uzatmasidan so'ng, Sterling darvozabonga qarrshi birga-bir chiqib, gol ura olmadi.

59. SHnayderlin de Bryuynega nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

54. Edersondan ajoyib seyv. Minaning zarbasi qaytarildi.

— Ikkinchi bo'limga start berildi!

TANAFFUS

— Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

43. Marez boshlab bergan va de Bryuyne evaziga davom ettirilgan ajoyib hujumni Jezus gol bilan yakunlab qo'ya olmadi. 

38. Rodri ogohlantirildi

34. GOL! Mezbonlar hisboni tenglashtirishdi. Jamoa sardori Koulmen gol muallifi — 1:1.

33. Marez jarima maydonchasi atrofidan turib zarba berdi. Kuchsiz, aniq. Lekin, bu darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi.

— De Bryuyne ayni paytda APLda 8 ta assist qayd etgan va 2 ta gol urishga erishgan.

27. "Everton" gol qo'yib yuborganidan keyin jonlandi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi.

24. GOL! Hisobni Gabriel Jezus ochdi. Assis muallifi > Kevin de Bryuyne. Uning burama uzatmasidan so'ng, braziliyalik hujumchi boshi bilan imkoniyatdan foydalandi.

21. Uchrashuvning birinchi burchak zarbasini Gyundogan ijro etib berdi. Mehmonlar standart vaziyatdan naf chiqara olishgani yo'q. 

17. Sterling chap qanotdan yorib kirdi va markazga to'pni uzatdi. Bu holatda darvozaga zarba beradigan "Siti"dan futbolchi topilmadi.

12. ZARBAAA! Gyundoganning zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

5. O'zgarish. Teo Uolkott kutilmaganda jarohat oldi va maxsus zambillarda uni olib chiqib ketishdi. Uning o'rnini Aleks Ivobi egalladi.

1. BAHS BOSHLANDI!


Assalomu alaykum APLning ashaddiy ishqibozlari, Angliya futboliga befarq bo'lmagan qadrli do'stlar! Bugungi o'yinni Nodir Abdurasulov sizlar bilan birga kuzatib boradi. "Liverpul" ushbu turda ham g'alaba qozondi. Pep Gvardiola shogirdlari "qizillar" bilan oradagi farq oshib ketmasligi uchun g'alaba qozonishga harakat qilishadi. Mersisaydning boshqa bir jamoasi o'z muxlislari qarshisida bunga imkon berarmikin? Juda qiziqarli futbol bo'lishini kutishga asoslar etarlicha. Demak, birgalikda ko'ramiz, kuzatamiz va APLning jozibasidan yana bir bor bahra olamiz! 

Zaxira o'yinchilari: Bravo, Aguero, Bernardu Silva, David Silva, Mendi, Kanselu, Foden.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика