So’nggi yangiliklar

15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  3 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1

Anxel Lopes: "Vaziyatlar yaratish bo'yicha O'zbekistonda kuchli beshtalikdamiz, ammo..." Yangiliklar

Anxel Lopes: "Vaziyatlar yaratish bo'yicha O'zbekistonda kuchli beshtalikdamiz, ammo..."

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Surxon" (2:0) bellashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

"Lokomotiv" g'alabaga haqli edi. Raqib bizdan yaxshi o'ynadi, ammo ikkita penalti bizga biroz tasir qildi. Qisqa qilib aytganda, bugun o'z shogirdlarim bilan faxrlana olmayman. 

Menimcha, ikkinchi penalti yo'q edi. Ha, Nuriddin Hasanov xato qildi, ammo penalti qo'yiladigan vaziyat emasdi. Bu oddiy o'yin holati edi.

- "Surxon" ispancha futbol namoyish etmoqda. Ammo ushbu futbol natija bergunicha ishdan ketib qolmaysizmi? 

- Hammasi oddiy, buni rahbariyatdan so'rash kerak. 

- Jamoa mavsum boshlanishiga 2 hafta qolganida yig'ilgani ko'rinib turibdi. Yozgi transfer oynasida o'zgarishlar katta bo'ladimi? 

- Ayni paytda futbolchilarimdan qoniqyapman. Ammo yozgi transfer oynasi vaqtida albatta yangi o'yinchilarni jalb qilishga urinamiz. Bir narsani aytmoqchiman, bu yil Termizda o'ynamayapmiz. O'tgan yilga etibor qilsangiz, 25 ochkodan 20 tasini "Surxon" aynan uydagi o'yinlarda qo'lga kiritgandi. 

- Nuriddin Hasanov ikkinchi taymda anchagina jizzaki o'yin namoyish eta boshladi. Qizil kartochka olishi deyarli aniq edi, uni qizil olishidan avval almashtirsangiz bo'lmasmidi?

- Uni almashtirishni o'ylaganim yo'q, sababi u doim shunday o'ynaydi – hissiyot bilan, jahl bilan. Bizning darvozamizga ikkita penalti qo'yildi, hakamlarning ishiga aralashmayman, buni hal qiladigan qo'mita bor. 

- "Surxon"ga omad tilamoqchiman, o'yin yaxshi, tezroq ijobiy natijalar kelishini tilayman...

- Ko'proq ochko olishimizga 100 foiz ishonaman, ammo biz vaziyatlarni yakunlashda ko'p xato qilyapmiz. O'yindan faqat bitta gol urdik - Kubokda Nuriddin Hasanov to'p kiritdi. Biz "Olimpik", AGMK, "Metallurg" kabi klublardan yaxshiroq o'ynadik. Vaziyatlar yaratishda hozir TOP-5 damiz, ammo juda kam gol uryapmiz. Har kuni buning ustida ishlayapmiz, futbolchilarim xulosa chiqarishlariga ishonchim komil. 

- Ikki hafta oldin Termizga borib keldingiz. Stadiondagi sharoitlar qanday ekan? 

- Hammasi yaxshi, projektor o'rnatilsa bo'ldi. 

- Yoritish tizimini yangilash tez bo'ladigan ish-ku!

- Men murabbiyman, bu mening qo'limda emas. 

"Real" o'z stadionini rekonstrukciya qilganida zaxira maydonida o'ynadi, ammo u o'zining shahrida va o'zining maydoni edi. Biz esa har hafta safarda o'ynayapmiz. Butun mavsumni boshqa shaharda va begona stadionda o'tkazgan klubni bilmayman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика