So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Anvar O'rinov: "O'z o'yinimizni topib olish uchun ozgina vaqt kerak" Yangiliklar

Anvar O'rinov: "O'z o'yinimizni topib olish uchun ozgina vaqt kerak"

Kosonning "Alanga" jamoasini bu yil Anvar O'rinov boshqarmoqda.
Unga Nasim SHoimov murabbiylar shtabida yaqindan yordam bermoqda. Bu jamoa uchun mavsum omadli keldi deb bo'lmaydi. O'z maydonida "Guliston" va "Zomin"ga qarshi kechgan bahslarda jamoa qimmatli ochkolarni boy berdi. Buni sababini bilish maqsadida jamoa ustozi O'rinovga murojaat qildik.

- Mavsumni bu tarzda omadsiz boshlaymiz deb albatta o'ylamagandik. O'tkazilgan ikki o'yindan chiqib shuni aytishim mumkinki, futbolchilarim haligacha to'liq sport formaga kirib olmadi. Qolaversa mavsumga tayyorgarlik ham ancha kech boshlandi. Ustiga ustak bir nechta asosiy o'yinchilarimiz "Futbol-MED" ko'rigidan muvaffaqiyatli o'ta olishmadi. SHu bois Tohir Abdurazzoqov, Obid Mamatov kabi etakchi o'yinchilarimiz dastlabki turlarda jamoamizga yordam bera olmadi.

Umid qilamanki ular safga qaytsa o'yinimizda o'sish bo'ladi.

Umuman olganda "Guliston"ga qarshi bahsda gol urish uchun bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltira oldik. Ammo ulardan oqilona foydalanishga kelganda yigitlarga aniqlik etishmadi.

"Zomin" bilan o'yinda ham shogirdlarim yaxshi harakat qildi. Ammo bu uchrashuvda ham so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik.

Men qo'l ostimdagi yigitlarga ishonaman. CHempionat endi boshlandi. Turdan-turga o'yinimiz yaxshilanib boradi degan umiddaman.

Oldimizda turgan eng asosiy vazifa avvalo yuqori sakkiztalikka kirish. SHuningdek muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика