So’nggi yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Bugungi o'yin yaxshi dars bo'ldi" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Bugungi o'yin yaxshi dars bo'ldi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan OKMK - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bizdagi rejalar boshqacha edi. O'yin boshida qovushmadi, vaziyatlar o'xshamadi. Bizda ko'proq yosh futbolchilar o'ynamoqda. Bugungi o'yin yaxshi dars bo'ldi deb o'ylayman. To'g'ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda yaxshi harakat qilamiz. Biz shu yo'nalishni tanlaganmiz. Maqsadimiz keyingi o'yinlarda g'alabalarga erishib, yuqori o'rinlar uchun kurashish.

- O'yinga tanlagan rejangizni ochiqlay olasizmi?

- To'p nazorati, vaziyatlardan unumli foydalanish.

- Jamoa ketma-ket ikkita turdan buyon yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Bugun ham kuchli raqibga qarshi 10 kishi bo'lib ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Oldindagi maqsadlar haqida aytib o'tsangiz.

- Har bir futbolchiga o'sishi uchun yordam berish. Yosh futbolchilarni yuqori darajaga olib chiqish. "Bunyodkor" shu reja asosida yuqori o'rinlar uchun harakat qiladi.

- Zaxiradan tushib zaxiraga olingan Farhod O'tkirovning holati qanday?

- Albatta, bunday holat futbolchiga yoqmaydi. O'zi uchun ham dars bo'ldi, kelgusi o'yinlarga boshqacha tayyorgarlik ko'radi. Aslida u yuqori saviyadagi futbolchi. Biz hozir futbolchilarni yuqoriroq darajaga ko'tarishimiz kerak. Bundan jamoa faqat yutadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика