So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Anvar Berdiev: "Yangi mavsumda butunlay boshqacha "Istiqlol"ni ko'rasizlar" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Yangi mavsumda butunlay boshqacha "Istiqlol"ni ko'rasizlar"

Futbol bo'yicha "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasining 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor-79" - "Istiqlol" (0:0) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar murabbiyi Anvar Berdiev saytimizga intervyu berdi.

- Anvar aka, avvalo "Istiqlol" jamoasining chorak final yo'llanmasiga ega chiqqanligi bilan tabriklaymiz! "Hokim kubogi" musobaqasida jamoangizning maqsadi qanday?

- Tabrik uchun rahmat! Avvalo mana shu turnirni tashkillab berganliklari uchun Farg'ona viloyati hokimligi va barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Mana shu kabi musobaqalar biz kabi jamoalar juda zarur edi. O'z oldimizga guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, jamoani chorak finalga olib chiqishni maqsad qilgandik. Mana ko'rib turganingizdek, "Istiqlol" guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi va navbatdagi bosqichga yo'l oldik. Guruhimizda ishtirok etgan jamoalarning barchasi ayni damda teng kuchga ega, hech qaysi jamoani kuchli yoki kuchsiz deb ajratib bo'lmaydi. Musobaqa davomida jamoamizdagi yutuq va kamchiliklarni ko'rib borayapmiz, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida bu borada ishlaymiz.

- "Istiqlol" tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilmoqda. Masalan tarkibga taniqli futbolchilar Abbos Maxstaliev, Robbim Hasanov jalb etildi...


- Xabaringiz bor, o'tgan mavsum yakunida jamoamizni bir necha futbolchilar tark etishdi. Ularning o'rnini to'ldirish maqsadida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish bo'yicha ishlayapmiz.

- Mavsum boshlangunga jamoaga yana shu kabi taniqli futbolchilar kelib qo'shilishi mumkinmi?


- Tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish bo'yicha bir nechta variantlarimiz bor. Siz aytgandek, ayrim taniqli futbolchilar bilan aloqada bo'lib turibmiz. Nasib bo'lsa yangi mavsumda butunlay boshqacha "Istiqlol" jamoasini ko'rasizlar.


Bekzod Tolibov yozib oldi


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика