Anvar Berdiev: "Kim Bo Yongning o'rniga ikkinchi davrada futbolchi olishga harakat qilamiz"
15 may 2022 10:41
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Kim Bo Yongning o'rniga ikkinchi davrada futbolchi olishga harakat qilamiz"
"O'yinni ko'rdinglar oson bo'lgani yo'q. SHunday qiyin uchrashuvda yigitlar iroda ko'rsatishdi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga, klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz", - deydi Anvar Berdiev.
"G'alaba bilan barchani tabriklayman. Raqib yaxshi shakllangan jamoa edi. Jamoaviy o'yin hisobiga g'alaba qozondik. Albatta faoliyatimda shunga o'xshash gollar bo'lgan. Har bir golning qadri o'zgacha", - deydi Azam Aliev.
- Raqib safidagi Mikola Agapov borasida himoyachilarga ko'rsatma berganmidingiz?
- "Mashal"ning "Andijon"ga qarshi o'yinini stadiondan kuzatdim. Mikola Agapov yaxshi hujumchi ekanligini, vaziyatlardan foydalanib ketishi mumkinligini himoyachilarga aytgandim. O'sha vaziyatni yana ko'rib chiqamiz. Kamchiliklarni to'g'rilashga harakat qilamiz.
- O'yin yakunida muxlislar Kim Boyong bilan xayrlashishdi. U jamoani rasman tark etdi. Transferlar vaqtida uning o'rniga boshqa futbolchi olishni rejalashtiryapsizmi?
- Ikkinchi davrada futbolchilar olamiz. Hozirda tarkibimizdagi qanot hujumchilarining hammasida jarohat bor. SHunga qaramay shogirdlarim iroda ko'rsatishdi. Ulardan mamnunman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar