So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Anvar Berdiev: "Jamoamda legionerlardan ko'ra, mahalliy futbolchilarining o'ynashi tarafdoriman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Jamoamda legionerlardan ko'ra, mahalliy futbolchilarining o'ynashi tarafdoriman"

Superligaga o'tish o'yini dastlabki bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng G'uzor klubi bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Gol ura olmagan jamoa g'alaba qozonmaydi. Bizga bugun etakchi, masuliyatni o'z zimmasiga oladigan futbolchi etishmadi.




- "SHo'rtan" jamoasining mavsum davomida qo'lga kiritgan eng qiyin g'alabasi qaysi bo'ldi?


- Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi, har bir g'alaba katta mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritildi. Alohida aytish joiz bo'lsa, "Dinamo" ustidan qozonilgan g'alabani ko'rsatgan bo'lardim.

- Sizningcha, jamoaning qaysi chizig'ini kuchaytirish joiz?


- Biz ko'p gol urib, ko'p o'tkazib yubordik. Himoya chizig'ini kuchaytirishimiz zarur.

- "SHo'rtan" tarkibiga legioner futbolchilarni jalb etish rejasi bormi?


- Ko'ramiz, yaxshi legioner bo'lsa, balki jalb qilarmiz. Lekin nazarimda legionerdan ko'ra, mahalliy futbolchilarga imkoniyat berilishi yaxshiroq deb hisoblayman.

- Klubda tarkibga legioner jalb etish uchun mablag' yo'qmi? Yoki siz legioner futbolchini o'ynatishni xohlamaysizmi?


- Klub rahbariyatiga rahmat aytaman, bizga barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Men legioner futbolchidan ko'ra, mahalliy futbolchilarni o'ynatish tarafdoriman.

- "SHo'rtan"da yangi mavsumda yangi nomlarni ko'ramizmi?

- Albatta, chiziqlarni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni tarkibga jalb etish rejamiz bor.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика