So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 0:0 (матнли трансляция)  32 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  3 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  10 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  15 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6

Anvar Berdiev: "Istiqlol" mag'lubiyatga loyiq emasdi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Istiqlol" mag'lubiyatga loyiq emasdi"

PRO-Liga 4-turidan o'rin olgan "Turon" - "Istiqlol" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




" O'yinni ko'rib guvohi bo'ldinglar, jamoamiz mag'lubiyatga loyiq o'ynamadi. O'tkazib yuborilgan tezkor gol yigitlarni ruhiyatiga tasir qildi shekilli, o'yinimizni topib olgunimizcha qiyinchilikka duch keldik. "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

Bu o'yin natijasini tezroq unutgan xolda keyingi o'yinga astoydil tayyorgarlikni boshlaymiz. Bugungi o'yinda yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlab, navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Mo'ydin Mamazulunovning vaziyati haqida nima deyishim mumkin? Hozir unga 5 ta shunday vaziyat qilib bering, hammasini bexato uradi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, rasmiy o'yinda mana shu kabi xolatlar uchrab turadi. SHunaqa paytlar bo'ladiki, 25-30 metr masofadan zarba yo'llasangiz ham gol bo'lishi mumkin. Bazida yaqin masofadan ham unumli foydalana olmaysiz, aytganimdek bu futbolda bor bo'lgan xolat.

Biz birinchi galda bugungi o'yindagi xatolarni ko'rib chiqib, ularni bartaraf etish ustida ishlaymiz. Keyingi turda "Neftchi"ga qarshi o'ynaymiz. Bu jamoa bilan bilan hozirga qadar barcha o'tkazgan o'yinlarimiz shiddatli ruhda bo'lgan. Har ikki jamoa azolari Farg'ona derbisiga alohida ishtiyoq bilan chiqishadi, juda qiziqarli uchrashuv bo'lishi aniq.

Birinchi bo'limning dastlabki qismida o'yinimiz qovushmaganiga uzoq yo'l bosib kelganimiz sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Bir oz o'tib yigitlar maydonga va o'yinga moslashishdi. Ikkinchi bo'limda chindan ham birinchi bo'limdagidan ko'ra yaxshiroq o'ynadik. Aslida birinchi bo'limda ham yomon o'ynamadik, yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi" - deydi Anvar Berdiev.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика