So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  4 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

Anvar Berdiev: "Darvozabonning harakatlarini oqlab bo'lmaydi. Kerak bo'lsa, uni jazolashgacha boramiz" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Darvozabonning harakatlarini oqlab bo'lmaydi. Kerak bo'lsa, uni jazolashgacha boramiz"

Pro liga to'rtinchi turidan o'rin olgan "Mashal" va "SHo'rtan" (2:0) o'rtasidagi derbidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yin teng kurashlar ostida kechdi. To'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalana olmadik. Oldinga chiqib ketganimiz sabab, ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Gol urish uchun darvozaga tepish kerak. Bizda vaziyatlar bo'lyapti, ammo zarba yo'q. "Mashal"ni g'alaba bidan tabriklayman.

- Darvozabonning bugungi harakati juda shov-shuv bo'lib ketdi. O'sha vaziyatga ko'zingiz tushdimi?

- Bu vaziyatni ko'ra olmay qoldim. Futbolchi bilan gaplashib oldim. Bu futbolchi uchun juda yomon narsa, oqlab bo'lmaydigan harakat. Bu vaziyatni tahlil qilib, kerak bo'lsa darvozabonni jazolashgacha boramiz. 

- Bugun beshta futbolchini almashtirdingiz. Zaxira futbolchilari qanchalik ishonchni oqladi?

- Jamoa yutqazgandan keyin ular o'yinni kuchaytira olmadi degan xulosaga kelish mumkin.

- Kubok o'yinlarida "SHo'rtan"ning maqsadi qanday?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish. Lekin futbolda omad degan narsa ham bor. Raqib darvozaboni bugun yaxshi harakat qildi. Darvozabon goldan saqlasa, jamoa g'alaba qozonadi.

- Anvar aka, matbuot anjumaniga kechikib kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- Futbolchilarim bilan qattiq suhbatlashib oldim. Kechikishimga aynan shu narsa sabab bo'ldi. Ulardan o'yinda shijoatliroq bo'lishlarini talab qildim. Agar bu tarzda davom etsak, oldimizga qo'yilgan vazifaga erishishimiz qiyin bo'ladi.

- Keyingi o'yin "Aral"ga qarshi. Bu o'yin qanday o'tishini tahmin qilyapsiz?

- Birinchi navbatda "Mashal"ga qarshi o'yinni tahlil qilishimiz kerak. Ko'p narsani maydondagi futbolchilar hal qiladi. Oldingi chiziqda harakat qilayotgan hujumchilarimizdan ko'proq narsa talab qilishimiz kerak. To'rtta tur ortda qoldi, hujumchilarimiz hali gol urishgani yo'q.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика