So’nggi yangiliklar

13:59"Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги рақиблари аниқланмоқда  0 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  1 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  22 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  3 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3

Angliya Superkubogi. "Arsenal" penaltilar seriyasida g'olib bo'ldi Yangiliklar

Angliya Superkubogi. "Arsenal" penaltilar seriyasida g'olib bo'ldi

"Arsenal" hamda "CHelsi" o'rtasida bo'lib o'tadigan Angliya Superkubogi uchun bahs bugun 18:00da boshlanadi.

"Arsenal" – "CHelsi" 1:1 (4:1 pen. seriyasi)

Gollar: 0:1 – 46 Mozes, 1:1 – 82 Kolashinac.

"Arsenal": CHex, Mertesaker (Kolashinac, 32), Monreal, Belerin, Xolding, El-Nenni, Oksleyd-CHemberlen, Djaka, Ivobi (Uolkott, 67), Uelbek (Nelson, 87), Lyakazett (Jiru, 66).

"CHelsi": Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Villian (Musonda, 82), Fabregas, Pedro, Kante, Alonso (Ryudiger, 79), Batshuayi (Morata, 74).

Ogohlantirishlar: Aspilikueta (13), Belerin (15), Alonso (35), Villian (37).

CHetlatish: Pedro 80.


YANGILASH

1. Uchrashuv boshlandi. To'pga birinchi bo'lib ko'klar tegishdi.

4. Ilk daqiqalardan "Arsenal" tashabbusni qo'lga oldi. "To'pchilar" qanotlardan hujum uyushtirib, raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi.

6. Ivobi chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni jamoadoshlariga uzatdi, ammo to'pga teginadigan "to'pchi" topilmadi. Xavf bartaraf etildi.

Eslatib o'tamiz, London klublari ushbu uchrashuvdan tushgan pulni Kensington tumanida Grenfell binosidagi yong'inda jabrlanganlarga berishga qaror qilishdi. Ushbu yong'in 79 kishini bu dunyodan olib ketdi.



12. Aspilikueta raqibni to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Hali erta emasmi?


Aleksis Sanches va Mesuot Ozil uchrashuvni muxlislar orasida tomosha qilmoqda

15. Sariq kartochka navbati "Arsenal" futbolchisiga. Ektor Belerin raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.

17. O'yin tempi juda tez. Jamoalar hujumlar bilan almashishmoqda. Hozircha faqat "Arsenal" gol urishga yaqin keldi, ammo omad kulib boqmayapti.

21. ZARBA!!!! Belerin o'z qanotidan qarshi hujum boshladi, uzatmalardan so'ng to'p Lyakazettga etib bordi, u esa PSJga o'tib ketgan Neymar uslubida to'pni o'ngroq olib uzoq burchakka zarba berdi. "CHelsi"ni darvoza ustuni qutqarib qoldi. Qoyil Lyakazett!

26. Gari Keyxill ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda Per Mertezakerning qoshini yordi. SHifokorlar jiddiy jarohat olgan nemis futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

30. Mertezaker shifokorlar bilan maydonni tark etdi. Birinchi bo'limda "Arsenal" tarkibida o'zgarish bo'ladi.

32. O'zgarish ("Arsenal"). Jarohat olgan Per Mertezaker o'rniga Sead Kolashinac maydonga tushdi.

34. PEDROOO! Villian o'z qanotida boshlangan qarshi hujumni, boshqa qanotga o'tkazdi. Ajoyib uzatmani qabul qilgan Pedro aldamchi harakatlar bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va chap oyog'i bilan zarba berdi. CHex ushbu zarbani qaytarib qoldi. Hisob 0:0.


Bechora Per Mertezaker

36. Villian raqib jarima maydonchasida simulyaciya ishlatdi. Hakam uni sariq kartochka bilan ogohlantirdi.

43. Ivobi maydonning yarmini bir o'zi bosib o'tdi, o'zi to'p oshirgan jamoadoshidan to'pni qaytirib olib, darvoza tomon zarba berdi. Kurtua turgan joyida to'pni ilib olishga muvaffaq bo'ldi.


Zorro uch raqibi bilan kurashmoqda

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

TANAFFUS

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi va tezda GOOOLLLLLL!!! Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridan "aristokratlar" burchak zarbasini amalga oshirishdi, himoyachilar qaytargan to'pni Keyxill yana jarima maydonchasiga tashladi, Mozes esa to'pga birinchi bo'lib etib keldi va darvozani ishg'ol qildi. 0:1

49. "Arsenal" qarshi hujumda raqibni qopqonga tushirmoqchi bo'ldi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.


55. Gari Keyxill va David Luis ikkinchi qavat uchun kurashda bir-biriga zarba berib yubordi. Garining ahvoli joyida, lekin David Luis o'rnidan turmayapti.

61. "Arsenal" hisobni tenglashtirishga jon jahti bilan harakat qilmoqda, biroq ular "CHelsi" himoyachilaridan aqlliroq o'ynay olishmayapti.

64. Statistikaga etibor bering. Darvozaga aniq zarba berish: 6:4. "Arsenal" oldinda, biroq hisob aksini ko'rsatmoqda.

66. "To'pchilar" safida o'zgarish. Lyakazett - Jiru. Ivobi - Uolkott.


Hozircha Antonio Kontening taktikalari ish bermoqda.

73. Alvaro Morata ilk marotaba "CHelsi" safida rasmiy uchrashuvda maydonga tushmoqda. Batshuayi Alvaroga joyini bo'shatib berdi.

75. Uchrashuv yakunlanishiga roppa-rosa 15 daqiqa qoldi.

79. Pedro Rodriges raqibni oyog'iga tepdi va hakam tomonidan chetlatildi. QIZIL KARTOCHKA! Hamma sariq kartochkani kutgan edi.

81. GOOOOOOLLLL! KOLASHINACCCC!!! Aynan Pedroning folidan so'ng amalga oshirilgan jarima zarbasi golga aylandi. Kolashinac ikkinchi qavatda darvozaga zarba berdi va hisobni tenglashtirdi.


90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

Ikkinchi bo'lim ham o'z yakuniga etdi. 

Malumot uchun: "Arsenal" Superkubokdagi so'nggi ikki penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchragan.

Penaltilar seriyasi.

Gari Keyxill - gol ("Arsenal" - "CHelsi" 1:2)

Teo Uolkott - gol ("Arsenal" - "CHelsi" 2:2)

Nacho Monreal - gol ("Arsenal" - "CHelsi" 3:2)

Tibo Kurtua - gol emas ("Arsenal" - "CHelsi" 3:2)

Alvaro Morata - gol emas ("Arsenal" - "CHelsi" 3:2)

Oksleyd-CHemberlen - gol ("Arsenal" - "CHelsi" 4:2)

Olive Jiru - gol ("Arsenal" - "CHelsi" 5:2)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика