Anelka Franciya klubi sport direktoriga aylandi Yangiliklar

Anelka Franciya klubi sport direktoriga aylandi

Sobiq hujumchi Nikolya Anelka Franciya 4-divizioni vakili FK “Yer” sport direktori etib tayinlandi.

Mazkur jamoa chempionat 9 turidan keyin 13 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.

41 yoshli Anelka o'z vaqtida PSJ, "Real", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Fenerbaxche", "Bolton", "CHelsi", "SHanxay SHenxua", "Yuventus", "Vest Bromvich" va "Mumbai Siti" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 

U 2015 yil butsalarini mixga ilgandi. Keyin esa "SHanxay SHenxua" hamda "Mumbai Siti"da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. SHuningdek, Anelka “Lill” yoshlar jamoasini ham boshqargan edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика