"Andijon" yig'inidan daraklar: SHahrom Samiev jamoa ixtiyoriga qaytdi
06 jan 2025 13:35
Yangiliklar
"Andijon" yig'inidan daraklar: SHahrom Samiev jamoa ixtiyoriga qaytdi
"Andijon" jamoasi rejaga ko'ra 5 yanvar kuni Tojikistondagi Qayroqqum suv ombori sohili yaqinida joylashgan sport kompleksiga qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun etib kelgan.
"Bugun futbolchilar kuchaytirilgan tarzdagi mashg'ulotlarga kirishishdi. Kuniga ikki mahaldan tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etishadi.
Ayni daqiqalarda futbolchilarimiz zalda Augustin CHiritsa ko'rsatmalari asosida shug'ullanishmoqda. SHundan so'ng mashg'ulotlar maydonga ko'chiriladi.
Mazkur yig'in davomida bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlik hamda texnik va taktik sxemalar ustida ishlaydi.
Jamoamizning tojikistonlik hujumchisi SHaxrom Samiev ham klub ixtiyoriga qaytdi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq "Andijon" Tojikistonga jo'nab ketgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar